15 may 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu CHarlz uchun yomon oqshom bo'ladi". UFC sobiq chempioni Topuriya – Oliveyra jangiga taxmin bildirdi
UFC sobiq chempioni Aljameyn Sterling Iliya Topuriya va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi bo'lajak chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.
"Oliveyra deyarli har bir jangda yiqiladi. Deyarli har bir jangda... Va biz Iliya raqiblarni sindira olishini bilamiz. Jay Herbert uni yiqitganini ham ko'rganmiz, lekin u jangga qayta olgandi. Bu uning engil vazndagi birinchi jangi edi.
Agar u Oliveyraga boshqalarga qilganidek zarba bera olsa, bu CHarlz uchun yomon oqshom bo'ladi. Iliya ikki vazn toifasida ham chempionga aylanadi", — dedi Sterling.
Eslatib o'tamiz, Topuriya va Oliveyra o'rtasidagi jang 29 iyun kuni Las-Vegasdagi UFC 317 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar