So’nggi yangiliklar

09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 14:19"Топурия Гэтжи билан реваншга лойиқ эмас" - Арман Царукян 0 13:42Умар Кремлёвга Латвияга киришни тақиқлаб қўйишди 0 12:30"Челси" ўз юлдузини "Ливерпуль"га 100 миллион фунтга сотишдан бош тортди 0 11:49Дмитрий Биволнинг фаолиятидаги энг катта гонорар маълум қилинди 0 10:26Тарихий муваффақият: Ўзбекистон парашахмат терма жамоаси Олимпиадада илк бор бронза медалларини қўлга киритди! 0 09:45Ўсмирлар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари 0 08:35Англия Лига Кубоги. "Манчестер Сити" "Норвич Сити"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди 0

13 may 10:59
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempionligini ko'zlayotgan Vohidovda muhim g'alaba, Gulruhbegim boshchiligidagi etakchi qizlarimiz uchun "qora kun"

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashyapti. Qita chempionatining erkaklar o'rtasidagi bahslarida 33 mamlakatdan 156, ayollarda esa 23 davlatdan 101 nafar ishtirokchi medallar uchun dona surmoqda. 

Etiborlisi, bungacha Evropa qitasi musobaqalarida qatnashgan va bir muddat turnirlardan chetlatilgan Rossiya terma jamoasi shaxmatchilari ham mazkur Osiyo chempionatida medallar uchun kurash olib borishyapti. 

Osiyo chempionatining 6-turida hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turgan grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2641) oq donalarda rossiyalik grossmeyster Aleksey Goganov (2511)ni mag'lub etishni uddaladi. Osiyo chempionatida qatnashayotgan birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2665) 6-turda oq donalarda rossiyalik grossmeyster Denis Maxnev (2526) bilan murosaga keldi. Muhiddin Madaminov (2520) bu safar qora donalarda BAAning birinchi raqamli grossmeysteri Saleh Salem (2631) bilan durang qayd eta oldi. 

Musobaqa peshqadami eronlik Bardiya Daneshvar (2621) g'alabali yurishini davom ettirmoqda. U bu safar oq donalarda o'ynab, reytingda o'zidan yuqorida turgan hind grossmeysteri Murali Kartikeyan (2658)ni taslim etdi. 

Oltinchi turda hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov (2491) qora donadarda harakat qilganiga qaramay, hindistonlik taniqli grossmeyster Leon Mendonka (2630) bilan durang o'ynadi. Humoyun Begmurotov (2461) qora donalarda hind grossmeysteri Narayanan (2598)ga imkoniyatni boy berdi. Bahrom Bahrillaev (2407) va Asrorjon Omonov (2387) raqiblaridan ustun kelishdi. Afruzbek Sobirov va Miraziz Matyoqubov esa bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. 

Oltinchi turdan so'ng Bardiya Daneshvar 5,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Rossiyalik Ivan Zemlyanskiy 5 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan. Olti nafar shaxmatchi 4,5 tadan ochko jamg'arib, keyingi o'rinlarni band etishgan. Ular orasida SHamsiddin Vohidov ham bor. U qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'rinni egallagan. Muhiddin Madaminov 4 ochko bilan qo'shimcha koeficentlar bo'yicha 12-pog'onada bormoqda. Nodirbek Yakubboev va Muhammadzohid Suyarov hisobida ham 4 ochkodan bor. 

Bugun 7-tur uchrashuvlari o'tkazilib, unda SHamsiddin Voxidov qora donalarda xitoylik xalqaro master Yang Zilongga qarshi bahs olib boradi. Nodirbek Yakubboev qora donalarda boshqa bir CHin yurti shaxmatchisi Dai CHangren bilan hisob-kitob qiladi. Madaminov oq donalarda hindistonlik Luka Mendonka sinovidan o'tadi.  

Afsuski, ayollar o'rtasidagi musobaqada qatnashayotgan terma jamoamiz azolari uchun 6-tur omadsiz keldi. Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova qora donalarda hindistonlik Vantika Agravalga yutqazib qo'ydi. Bir muddat AQSH sharafini himoya qilgan Gulruhbegim Tohirjonova O'zbekiston terma jamoasi uchun qaytganidan keyingi ilk musobaqasida qatnashyapti. U 6-turga kelib ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Gulruhbegim qora donalarda o'ynab, hindistonlik raqibasi Nandhidhaga imkoniyatni boy berdi. 

Bu turda hamyurtlarimizdan Nodira Nodirjonova, Guldona Karimova, Nilufarxon Imomqo'zieva, Barchinoy SHokirjonova, Rukiya Olimova, Zilola Aktamova va Liliya Belaya raqibalaridan engilishdi. Umida Omonova, Odina Olimova, Marjona Malikova, Madinabonu Xalilova va Asal Salimova g'alabaga erishdi. Mohim O'rozmuhammedova filippinlik raqibasi bilan durang o'ynadi. 

Oltinchi turdan so'ng qizlarimiz orasida eng yaxshi natijani Madinabonu Xalilova, Afruza Hamdamova va Gulruhbegim Tohirjonova qayd etib turibdi. Har uchchala shaxmatchimiz 4 ochkodan jamg'arib, ketma-ketlikda 13-15 o'rinlari band etishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing