So’nggi yangiliklar

12:43АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди 0 12:21Анвар Анваров Бриллиант лига турнирида ғалаба қозонди 0 12:00Жон Жонс Чимаев билан бирга машғулот ўтказиш истагини билдирди 0 11:39Олимпиада чемпиони ММАда дебют қилади 0 11:18Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 10:57Буни кутмаганингиз аниқ: Жервонта Дэвис Жейк Пол билан жанг қиладиган бўлди 0 10:36Гандболчиларимиз Осиё чемпионатини йирик ҳисобдаги ғалаба билан бошлади 0 10:15Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов ниҳоят илк очкосини қўлга киритди 0 09:54ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк ўйинида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади 0 09:33"Одамлар 25 дақиқа қучоқлашиб турган йигитларни томоша қилмайди". Коста Чимаевни танқид қилди 0 09:12Биволнинг менеджери Бетербиев билан трилогия ҳақида гапирди 0 08:51Чимаев унга қарши жанг қилиш истагини билдирган де Риддерга жавоб берди 0 08:30Мессисиз "Интер Майами" Лига кубогининг 1/2 финалига йўл олди 0 08:09Исроил Мадримов Кроуфорд ниманинг эвазига Канелони мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 07:48Каратэчиларимизнинг Жаҳон чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0

22 iyu 07:41
Yangiliklar

Velosport

Osiyo chempionatida yana uch medal

Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonlik qilayotgan velotrek bo'yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz navbatdagi medallarini qo'lga kiritdi.

Bu gal Vladislav Troman, Yanina Kuskova hamda Sofiya Karimova shohsupaga ko'tarilishdi. 

Dastlab yoshlar toifasidagi bahslarda omnium dasturida ishtirok etgan Troman 126 ochko jamg'arib, jamoamizga chempionat doirasidagi uchinchi bronza medalini taqdim qildi. Oltin medal qozog'istonlik sportchiga nasib etgan bo'lsa, Malayziya terma jamoasi vakili shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarildi. 

Velotrek bo'yicha OCH, Yigitlar (U-20), omnium

1. Ilya Karabutov (Qozog'iston) – 138 ochko

2. Mohd Muhammad Xafik (Malayziya) – 133 

3. Vladislav Troman (O'zbekiston) – 126

SHuningdek, ushbu musobaqada delegaciyamizning dastlabki medaliga mualliflik qilgan Yanina Kuskova bu safar ham yana bir bronza medaliga ega chiqdi. Sportchimiz ayollar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi mashqida Yaponiya va Koreya Respublikasi vakilalaridan keyin uchinchi natijani qayd etdi. 

Velotrek bo'yicha OCH, Ochkolar bo'yicha guruh poygasi, ayollar

1. Uchino Tsuyaka (Yaponiya) – 63 ochko

2. Kang Xyunkyung (Koreya Respublikasi) – 43 

3. Yanina Kuskova (O'zbekiston) – 28 ochko. 

Qolaversa, Sofiya Karimova ham mazkur qita birinchiligida yana bir medalni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Kecha yoshlar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi dasturida bronza medaliga sazovor bo'lgan Karimova bu gal skretch yo'nalishida muvaffaqiyatli qatnashdi. 

Velotrek bo'yicha OCH, Skretch, qizlar (U-20)

1. Ne Si Xui (Malayziya)

2. Ikeda Mizuki (Yaponiya)

3. Sofiya Karimova (O'zbekiston)

SHu tariqa, terma jamoamizning mazkur musobaqada qo'lga kiritgan medallari 5 ta bronzani tashkil qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing