So’nggi yangiliklar

17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0 14:08UFC рейтинги янгиланди: Хамзат Чимаев илк бор P4P рейтингида! 0 13:47UzChess Cup. Бугун Нодирбеклар ўзаро ўйнайди, 6-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 13:26Дана Уайт Канело — Кроуфорд жанги UFC Noche турнирига ҳалақит берадими деган саволга жавоб берди 0 13:05Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади 0 12:44Классик курашчиларимиз Осиё чемпионатини 7 та медаль билан бошлашди + ФОТО 0 12:23Octagon 75: Чипталар қанчадан сотиляпти? 0

15 dek 21:36
Yangiliklar

Boshqalar

Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining vice-prezidenti etib saylandi

Teglar :  Otabek Umarov
O'monning Maskat shahrida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasi o'z ishini boshlamoqda.

Bugun Assambleyadan bir kun avval ananaga ko'ra 74-Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda tashkilot rahbariyatining yangi tarkibi va Ijroiya qo'mitasiga azolar saylandi.

OOK Konstituciyasida (qoidalarni qo'llash, 71 va 76-moddalariga asosan) 5 yirik kompleks musobaqalarga mezbon mamlakat OOK vice-prezidenti lavozimiga nomzod ko'rsatish huquqiga ega bo'lishi qayd etilgan.

O'zbekiston 2025 yil IV yoshlar Osiyo o'yinlarini qabul qilishi evaziga birinchi marta o'z vakilini sayyoramizning eng yirik qitasida olimpiya harakatiga masul bo'lgan tashkilot rahbariyatiga nomzod sifatida taklif etish imkoniga ega bo'ldi.

Mazkur nufuzli anjumanning biz uchun etiborli jihati, OOK vice-prezidentligiga nomzodlar qatorida hamyurtimiz, Markaziy Osiyo MMA Konfederaciyasi rahbari Otabek Umarov ham bor edi.

10 dekabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Ijroiya qo'mitasining navbatdan tashqari onlayn yig'ilishida Otabek Umarovni mamlakatimiz nomidan OOK vice-prezidentligiga nomzod sifatida tavsiya etishga qaror qilingandi. Bugun bo'lib o'tgan Osiyo Olimpiya Kengashi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida Otabek Umarov nomzodi bir ovozdan maqullandi va Otabek Muhammadalievich tashkilot vice-prezidenti etib rasman saylandi.

“Avvalambor, menga bildirilgan yuksak ishonch uchun barchaga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Bunday nufuzli tashkilotda mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilish, qitada olimpiya harakatini rivojlantirishga hissa qo'shish men uchun sharaf. Toshkentda o'tadigan 2025 yilgi yoshlar Osiyo o'yinlarini o'tkazish Yangi O'zbekiston uchun jahon hamjamiyati oldidagi jiddiy sinovlardan biri. Muhtaram Prezidentimiz va hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil qilishga bor kuch va g'ayratimizni ishga solamiz», – dedi Otabek Umarov.

Ertaga, 16 dekabr kuni Maskatda Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda Otabek Umarov rasman OOK vice-prezidenti sifatida ishtirok etadi. Yanada ahamiyatlisi, Assambleya doirasida OOK va O'zbekiston tomoni o'rtasida 2025 yil yoshlar Osiyo o'yinlarini Toshkentda o'tkazish bo'yicha shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tadi.

OOK Bosh Assambleyasi yig'ilishida O'zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, qo'mita Bosh kotibi, Toshkent-2025 IV yoshlar Osiyo o'yinlari direktori O.Kasimov, MOQ raisi o'rinbosarlari S.Polatov, A.Kamilov, shuningdek, MOQ raisi maslahatchilari I.SHodiev va SH.Asatullaevlar ishtirok etishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing