24 iyu 13:26
Yangiliklar

Dana Uayt Kanelo - Krouford jangi UFC Noche turniriga halaqit beradimi degan savolga javob berdi
U prof boksning yarimo'rta vaznida WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Terens Krouford va supero'rta vazn toifasida mutlaq chempion Saul Alvares o'rtasidagi jang hamda UFC Fight Night 259 turnirining tashkilotchilik ishlariga to'xtaldi.
"O'sha oqshom bizda UFC Noche bor va men sizda bu borada juda ko'p savollaringiz borligini bilaman. Asosiy voqealar, asosiy janglar bir-biriga halaqit bermaydi.
Siz ularning ikkisini ham tomosha qilishingiz mumkin, shuning uchun Meksikaning Mustaqillik kunidagi tarixiy kechaning bir qismi bo'lish ajoyib. Men bu erda ekanimdan juda baxtiyorman. Turki al ash-SHeyxga va bu erda bo'lgan ikkala jangchiga ham rahmat. Bu ajoyib kecha, tarixiy jang kechasi bo'ladi", dedi Uayt.
Boks musobaqasi 13 sentyabr kuni Las-Vegasda, UFC turniri esa shu kuni San-Antonioda bo'lib o'tadi.
Fikrlar