So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

19 dek 15:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Oybek Kasimov: "Mana shu yigit Olimpiadaga borishi uchun biz barcha sharoitlarni yaratib beramiz"

Teglar :  BoksOybek Kasimov
O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan rassomlar uchun o'tkazilgan tanlovning taqdirlash marosimidan so'ng Milliy Olimpiya Qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov saytimizga kichik intervyu berdi.

"Yurtdoshlarimizni boksga bo'lgan  qiziqishini bilgan holda, mana shu tanlovni elon qilgan edik. Lekin bunday proffesional darajadagi ijod namunalari bo'ladi deb o'ylamagandik. Ayniqsa oliy o'ringa loyiq ko'rilib, Tokio Olimpiadasiga borish imkonyatiga ega bo'lgan ishtirokchimizni alohida etirof etgan bo'lardim. Taqdirlash marosimi bayromona, ko'taringki ruhda bo'lib o'tdi. 80 foiz ishtirokchilarning ijod namunalari g'olib bo'lishga munosib edi. Ammo bugun so'zsiz oyoqlari yordamida juda chiroyli sanat asari yarata olgan Lutfullo Qodirovni birinchi o'ringa loyiq deb hisoblayman".

-Mana shu tanlovni ananaviy o'tkazilishiga qanday qaraysiz?

-Bu tanlov boks federaciyasi tomonidan tashkil etilgan bo'lsada, endi  kattaroq masshtabda «Olimpiya harakati» yoki «Olimpiada g'olib va sovrindorlari» kabi yo'nalishlarda o'tkazish g'oyasini ilgari surgan bo'lardim. Birinchidan, bu rassomlarga o'zlarini sinashlari uchun yana bir imkoniyat. Eng muhim jihati esa Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lgan sportchilarimizni  kengroq targ'ib qilishga undaydi. Hozirda ko'pchilik Rio Olimpiadasi qahramonlarini eslashadi. Undan oldingi Olimpiada sovrindorlarini hamma ham taniyvermaydi. Ammo biz yurtdoshlarimiz orasida biroz unutilgan sportchilarimizni ham shu orqali yana bir bor eslashlarini xohlardik.


-O'z-o'zidan shunday savol tug'iladi. Bu ijod namunalari qaerda saqlanadi?

-Biz bu borada boks federaciyasi bilan maslahatlashdik. Avvalo, ishtirokchilarga gonorar masalasini hal qilib berishimiz kerak. Bu ijod namunalarining bir qismini «Olimpiya shon-shuhrati muzeyi»ga, bir qismini MOQ muzeyiga  joylashtirishni reja qilyapmiz.

  

-Balki, MOQ tomonidan ham mana shunday tanlov elon qilinar?

-Bu tanlovni juda ham ajoyib g'oya deyishim mumkin. Milliy Olimpiya Qo'mitasi tomonidan ham mana shunday tanlov o'tkazilib, unga ham Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi qo'yilar. Olimpiadada g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimizni suratga solish sharti orqali rassomlarimiz bellashishar.


"Pandemiya sharoiti davom etayotgan bir vaqtda Tokio Olimpiadasiga muxlislar kiritilmasachi?" degan savol bilan yuzlanganimizda quyidagicha javob oldik:

-"Biz g'alaba qozonishga qaror qilamiz, qarorimiz g'alaba qozonadi" degan gap bor. XOQ vakillari bilan muloqot qilganimizda ham hozircha Tokio Olimpiadasi muxlislarsiz o'tkaziladi degan xabarlar yo'qligini tasdiqlashdi. Mana shu yigit Olimpiadaga borishi uchun biz barcha sharoitlarni yaratib beramiz". 

Xurshida Abdikulova, Sarvinoz Raxmonqulova

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing