So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

05 iyu 16:37
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Dzyudo, SHaxmat

O'zbek sportida avj olayotgan "kasallik": Aeroportdagi "arzon piar" jonga tegmadimi?

Teglar :  AeroportArzon piar
O'zbek sportiga oid har qanday yutuqdan, ijobiy yangiliklardan doimo xursand bo'lamiz. Lekin...

So'nggi paytlarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xalqaro musobaqalardan qaytayotgan sportchilarimizni tantanali ravishda kutib olish "epidemiyasi" avj oldi. Qizil gilam, gullar, model qizlar, harbiy orkestr, choponlar, bayroq ko'targan bolakaylar. Bir qaraganda ajoyib ko'rinadi. Ammo... tan olish lozim, oshirib yuborilmoqda. Kechasi soat 2 bo'ladimi, dam olish kuni bo'ladimi, sportchilar yurtimizga qanday musobaqadan kelishidan qati nazar, barcha aeroportga safarbar qilinadi. 

Yodingizda bo'lsa, yanvar oyida "shaxmatchi Abdusattorov voqeasi"dan so'ng shov-shuv ko'tarilgandi. SHundan so'ng qatiq ham puflab ichiladigan bo'ldi amaldorlarimiz tomonidan. To'g'ri, o'shanda Nodirbek tantanali kutib olishga arzirli ish qilgandi. Nodirbek va boshqa shaxmatchilarimizning o'shanda kutib olinmagani jamoatchilik bosimiga sabab bo'lgandi va ertasiga Milliy olimpiya qo'mitasida yuqori darajadagi amaldorlar, martabali mehmonlar ishtirokida tantanali tadbir tashkil etilib, shaxmatchilarimiz mukofotlangandi. Aslida aeroportda kutib olishning o'rniga, mana shunday tadbir orqali "piar" qilish maqulroq emasmi? Kunduzi. Ko'pchilik ishtirokida. Normal odam uxlamaydigan vaqtda. 

Tan olib aytish kerak, bugungi kunda aeroportda tantanali kutib olish uchun resurslarni ortiqcha sarflab yuboryapmiz. Gullar, modellar, choponlar va boshqa dabdabalarning turgan-bitgani harajatku. SHumi sportdagi pullarning maqsadli sarflanishi?  

Qiziq bo'lsa superog'ir vazn toifasidagi ukrainalik bokschi, uch yo'nalishda jahon chempioni Aleksandr Usik, shuningdek, yaqinda jahon boksi yulduzi Saul Alvaresni shov-shuvli tarzda mag'lub etgan Dmitriy Bivolning kutib olinishi aks etgan videolarni internetdan qidirib, ko'rib chiqing. Ortiqcha dabdaba yo'q. Ularning yutuqlarini ahamiyatini, salmog'ini sportni biroz tushunadigan odamlar ham yaxshi bilishadi. 

Yana qo'shimcha sifatida shuni aytish mumkinki, bu ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun ham noqulayliklar tug'dirmoqda. Aeroportga kirishdagi sarsongarchiliklar haqida gapirmasak ham bo'ladi. Va yana, kechasi soat 02:00 da aeroportga chiqishdan sportimiz tepasidagilar ham xursand bo'ladilar deb o'ylamaymiz. 

Kutib olish uchun arziydigan musobaqalar - Olimpiya o'yinlari va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlari. Tamom! Ushbu jarayonda ishtirok etishdan barcha birdek xursand bo'lsa kerak. Lekin, past darajadagi xalqaro musobaqalar, "Qorbobo kubogi" kabi turnirlardan qaytayotgan sportchilarimizni tantanali kutib olishga hojat yo'q deb hisoblaymiz. Istovchilar kutib olsin, lekin "zamministr"dan tortib, jurnalistgacha suniy ravishda "aeroportga haydash" maqul ish emas.

Taklifimiz - bunday kutib olishlarni bekor qilish lozim va "piar"ni juda ham istashsa ertasi kuni o'sha sportchilar ishtirokida kichik tadbir, masalan matbuot anjumani, taqdirlash marosimlari (agar ko'zda tutilgan bo'lsa) tashkil etilsin. Yoki tinchgina uzoq yo'ldan charchab, uyini sog'ingan sportchilarga javob berib yuborish lozim.

Yurtdoshlarimiz yutuqlarini biz - OAV vakillari doimo xursandchilik bilan yoritib boramiz. G'alabalardan qanchalik quvonsak, mag'lubiyatlari dilimizni hira qiladi. SHunday yaxshi ko'ramiz sportchilarimizni. Yutuqlarni imkon qadar chiroyli, tezkorlik bilan xalqimizga etkazib berishga urinamiz. 

O'zbek sportiga oid har qanday yutuqdan, ijobiy yangiliklardan doimo xursand bo'lamiz. Lekin... haqiqatdan ham aeroportdagi "arzon piar" jonga tegmadimi?

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
05 iyu 17:35:43
Hurshid 2331
Улдириб куйди, тукиб куйди, дейишни биласилар. Энди Оламспорт шу нарсаданам кир кидирвоссилами. Силага чуп берса котганини ковлисила. Нодирбек Абдусатторовда килинмади. Лекин хатони тугирлашди. Спортчиларга бу нарса мотивация беради. Спортчилар хар доим тренировкадан чарчаб, диета килишади, уйкини режимда ушлашади, агар ортикча вакти булса силага ухшаган чупи бор журналистларга интервью беришади, лекин узлигисига ортикча харакатларга вакт жудаям кам булади. Шунинг учун хам давлат томонидан озгина булса хам шундай кутиб олишлар тугри иш. Бу нарсаларни килиш шарт. Спортчилар йулдан чарчаб учиб келишганида чиройли кутиб олинса кайфияти янада кутарилади, чарчоклари эсидан чикади. Спортчиларни ортикча кунгил хушликларга, манавий дам олишларга вакти кам булади, шундай кутиб олишларга кетса 2соатгина вакти кетади. Сила факат пиарни уйлаб юрвурила Аббосниям газини босвордила узи сила.
   
06 iyu 13:12:31
Samcity
Endi shuniyam qilmasinmi
   
06 iyu 01:39:57
лазизбек темиров
Менимча, тўғри фикр айтилган.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing