So’nggi yangiliklar

12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0

25 dek 11:15
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston chempionati finaliga kelgan Adliya vaziri g'oliblarni taqdirladi

Poytaxtimizda basketbol bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati yakunlandi.

2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan ushbu musobaqada 9ta jamoa uchta guruhda bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

A guruhidan Namangan, Navoiy va Farg'ona viloyati, B guruhidan Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyati, S guruhidan esa Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyati jamoalari o'rin olishdi. Afsuski yilning so'nggi musobaqasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari jamoalari etib kelishmadi.

Musobaqa Nizomiga ko'ra, o'z guruhlarida g'olib chiqqan hamda 2-o'rin egalari orasida eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar yarim finalga yo'l olishdi.

Guruh bahslari natijalari:

A guruhi

Namangan – Navoiy – 41:36

Farg'ona – Namangan – 19:48

Navoiy – Farg'ona – 41:21

B guruhi

Toshkent sh. – Andijon – 40:52

Xorazm – Toshkent sh. – 33:28

Andijon – Xorazm – 30:22

S guruhi

Samarqand – Toshkent vil. – 42:12

Toshkent vil. – Sirdaryo – 12:35

Sirdaryo – Samarqand – 25:40

SHu tariqa yarim finalga Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlari guruh g'olibi bo'lib, navoiylik o'smirlar esa eng yaxshi 2-o'rin sohibi sifatida yo'l olishdi.

1/2 final

Samarqand – Andijon – 36:33

Namangan – Navoiy – 55:31

3-o'rin uchun

Navoiy – Andijon – 22:21

Final

Namangan – Samarqand – 49:36

Musobaqaning final o'yini va g'oliblarni taqdirlash marosimiga O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri, O'zbekiston basketbol federaciyasi prezidenti Ruslan Davletov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktorining o'rinbosari Dilnoza Kattaxonova hamda boshqa mutasaddi rahbarlar tashrif buyurdi.

Tadbirda so'zga chiqqan insonlar avvalo anchayin murakkab kechgan joriy yilda sportda mana shunday yutuqlarga erishgan yoshlarni samimiy qutlar ekan, ularni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan ham muborakbod etishdi va 2021 yilda yanada yorqin g'alabalarga erishishlarini tilashdi.

CHempionat yakunida g'olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing