25 iyu 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Furqatbek Yoqubov The Ultimate Fighter 33 shousidagi ilk jangini o'tkazdi
Bugun The Ultimate Fighter 33 shousining beshinchi qismi namoyish etildi.
Unda o'ta engil vazn toifasida Daniel Kormening jamoasidagi qozog'istonlik aralash yakka kurash ustasi Alibi Idris CHeyl Sonnenning jamoasidagi O'zbekiston vakili Furqatbek Yoqubovga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq 2 raund davom etib, unda afsuski, Alibi Idris ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi. Bu g'alaba orqali qozog'istonlik sportchi yarim final bosqichiga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar