25 iyu 11:52
Yangiliklar
Paralimpiya

Para pauerlifting terma jamoamiz Jahon kubogini 25 ta medal bilan yakunladi
CHin yurti poytaxti - Pekinda para pauerlifting bo'yicha Jahon kubogi o'z nihoyasiga etdi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning so'nggi kuni doirasida bitta oltin medalga ega chiqdi. Kun davomida Aqidaxon Axtamova, Mohichehra Fozilova hamda Ruxshona O'ktamova ayollar o'rtasidagi jamoaviy dastur bahslarida supachaga ko'tarilib, o'zlari ishtirok etgan dasturda tengsiz bo'lishdi.
Jahon kubogi
Ayollar o'rtasida jamoaviy dastur
1. O'zbekiston
2. Koreya Respublikasi
3. Kuba.
SHu tariqa, para pauerlifting bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Jahon kubogini 16 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza, jami 25 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar