So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

22 noy 00:06
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston chempionatining ikkinchi kungi barcha g'olib va sovrindorlari FOTOGALEREYA

SHu kunlarda Toshkent shahri dzyudo bo'yicha yoshlar (2000-2002) o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

"Universal" sport majmuasida o'tayotgan mamlakat birinchiligida ikkinchi kungi bahslar yakuniga etdi. Kecha jami 6 ta vaznda bellashuvlar tashkil etildi. O'g'il bolalar -73, -81, -90, qizlar esa -57, -63 va -70 kg vazn toifalarida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqishdi. 

Natijalarga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida Jaloliddin Boynazarov (Surxondaryo), Ramazon Alladerdiev (Surxondaryo), Sardor Xurramov (Toshkent viloyati), qizlar orasida esa Ibodatxon Agajonova (Andijon), Gulsevar Abdumutalipova (Andijon) va Farangiz Xolmurodova (Qashqadaryo) O'zbekiston chempioni bo'ldi. 

Final bahslari boshlanishi oldidan O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq talimi vazirligi mutasaddilari, bir qator federaciya rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda so'zga chiqqan MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan etibor, jamiyatda sog'lom turmush tarzini yanada qaror toptirishga to'xtalib, sportchilarimizning xalqaro maydondagi natijalari shunga monand bo'lishi lozimligini urg'uladi. 

"Sizlar bilan uzoq tanaffusdan so'ng o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida ko'rishib turganimizdan xursandmiz. Pandemik vaziyat biroz yumshab, bir qator sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilayapti. Sportchilar sekin-asta sport zallari va musobaqalarga qaytishmoqda. “Universal” sport majmuasida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati ham shular jumlasidan. Bu yosh toifasi juda ham muhim hisoblanadi. Kattalar terma jamoasiga eng yaqin zaxira. 2024 yilgi Parij Olimpiadasida aynan sizlar O'zbekiston sharafini himoya qilishingiz mumkin. SHuning uchun ham sizlardan mashg'ulotlarga jiddiy etibor qaratishga, o'z ustingizda yanada ko'proq ishlashga chaqiraman. Sizlardan umidimiz katta. Davlatimiz rahbariyati tomonidan qaratilayotgan juda katta etibor, berilayotgan g'amho'rlikning qadriga etish, imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish kerak", - dedi O.Kasimov.

SHundan so'ng bugunga belgilangan 6 ta vaznda final bellashuvlari o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.

Bugungi g'olib va sovrindorlar:

O'g'il bolalar

-73 kg (42 ishtirokchi)

1. Jaloliddin Boynazarov (Surxondaryo)

2. Bahromjon Mashrapov (Andijon)

3. Javohirbek Saparov (Toshkent viloyati)   

3. Bunyod Esonov (Navoiy)


-81 kg (38 ishtirokchi) 

1. Ramazon Alladerdiev (Surxondaryo)

2. Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo)

3. Hakimboy Yarashev (Samarqand)

3. Sardor Rahmatov (Buxoro)


-90 kg (29 ishtirokchi)

1. Sardor Xurramov (Toshkent viloyati)

2. Ernazarbek Xurramov (Toshkent viloyati)

3. Abdulla Abdullaev (Qashqadaryo)

3. Dilshodjon Bahodirov (Buxoro)


Qizlar

-57 kg (10 ishtirokchi)

1. Ibodatxon Agajonova (Andijon)

2. Sitora Elmurodova (Toshkent shahri)

3. Madina Astanova (Jizzax)

3. Feruza Usmonova (Toshkent shahri)


-63 kg (12 ishtirokchi)

1. Gulsevar Abdumutalipova (Andijon)

2. Zebo Yoqubova (Xorazm)

3. Mehribonu Nuriddinova (Namangan)

3. Mamlakat Sultonova (Xorazm)


-70 kg (4 ishtirokchi)

1. Farangiz Xolmurodova (Qashqadaryo)

2. Sitora Qodirova (Samarqand)

3. Dilbar Yusupova (Toshkent shahri)

Malumot uchun, ertaga O'zbekiston chempionatining so'nggi kuni og'ir vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. 

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing