So’nggi yangiliklar

13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0

23 dek 22:12
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimidan FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligiga qarashli MHSK sport majumasi zalida o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda.

Uch kun davomida jami 20 ta vazn toifasida mamlakatimizning 2005-2006 yillarda tavallud topgan eng kuchli o'smir dzyudochilari aniqlanadi. Musobaqa ishtirokchilari sonining 800 nafardan ziyod ekani bellashuvlarning murosasiz o'tishiga zamin yaratmoqda. 

Bugun kunning ikkinchi yarmida o'smirlar ishtirokidagi mamlakat chempionatining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport, Xalq talimi hamda Mudofa vazirliklari, MOQ mutasaddilari ishtirok etishdi. 

Tadbirda so'zga chiqqanlar mamlakatimizda barcha sport turlari qatori dzyudo ham yildan-yilga rivojlanib, ushbu yakkakurash bilan shug'ullanayotganlar soni ortib borayotgani hamda hukumatimiz tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotgani takidlashdi.

"Sir emas, o'zbek dzyudosi nafaqat mintaqa, balki dunyoda ham o'z o'rni va mavqeyiga ega hisoblanadi. Birgina 2000 yilni inobatga olmasak, qolgan barcha Olimpiadalarda o'zbek dzyudochilari to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasidan medallar bilan qaytishgan. Hozirda terma jamoamiz azolari dzyudo vatani - Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari yo'lidagi muhim reyting musobaqalariga tayyorgarlik ko'rishyapti. Ularni nomma-nom aytmasak ham bundan yaxshi xabardorsiz. Ushbu o'tkazilayotgan O'zbekiston chempionati ishtirokchilari orasidan ham yaqin yillarda terma jamoa safida Olimpiadada shoxsupaga ko'tariladigan dzyudochilar etishib chiqishiga ishonaman. Bu musobaqada biz yangi nomlar, yangi chempionlarni kashf etamiz. Nasib qilsa, aynan sizlar yaqin kelajakda o'zbek dzyudosi yulduzlariga aylanasizlar. Buning uchun o'z ustingizda ishlashdan, mehnat qilishdan to'xtamang", - dedi O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi rais o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov.   

Malumot uchun, o'smirlar o'rtasidagi mamlakat chempionati 2020 yilgi O'zbekiston dzyudo federaciyasi taqvim rejasidan o'rin olgan oxirgi musobaqa hisoblanadi. Bungacha yoshlar hamda kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati ham yuqori saviyada tashkil etilgan edi. 

"Yurtimizda 50 mingdan ziyod yoshlar dzyudo bilan shug'ullanib kelmoqda va bu son kundan-kunga ortib bormoqda. Mamlakatimizning chekka qishloqlaridan ham dzyudo bo'yicha chempionlarning etishib chiqayotgani bizni quvontiryapti. Aynan chekka hududlarda sport turlarini rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratish Davlatimiz rahbari ilgari surayotgan ustuvor vazifa hisoblanadi", - dedi O'zbekiston mudofa vaziri o'rinbosari A.Narbaev.        

SHundan so'ng O'zbekiston chempionatining ikkinchi kungi bahslari doirasida jami 8 ta vazn toifasidagi final bellashuvlariga navbat berildi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing