So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

06 iyu 18:47
Yangiliklar

Gimnastika, Karate, Muaytay

O'zbekiston delegaciyasi AQSHda boshlanayotgan XI Jahon o'yinlariga jo'nab ketdi

Teglar :  Jahon o'yinlari
7-17 iyul kunlari AQSHning Alabama shtati, Birmingem shahrida Butunjahon sport o'yinlari bo'lib o'tadi.

Dunyoning 110 mamlakatidan taxminan 3600 nafar sportchi ishtirokida kechadigan bellashuvlarda hamyurtlarimiz ham qatnashadilar.

Jahon o'yinlari har 4 yilda o'tkaziladigan, dasturining aksariyati noolimpiya sport turlaridan tashkil topgan kompleks musobaqa hisoblanadi. O'tgan yili o'tkazilishi lozim bo'lgan musobaqa epidemiologik vaziyat sabab 1 yilga surilgan.

Reglamentga ko'ra, musobaqada ishtirok etish uchun sportchilar o'z yo'nalishlarida jahon chempionligini qo'lga kiritgan bo'lishlari yoki malum kvalifikacion musobaqadan o'tishlari kerak. Bu yilgi Butunjahon o'yinlarida Doston Otabolaev (karate), Ekaterina Fetisova (badiiy gimnastika), Darya Latisheva (ushu), Bahromjon Masharipov (jiu-jitsu), Fanat Qahramonov (muay-tay) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

8-9 iyul: Dostonbek Otabolaev (karate);

12-13 iyul: Ekaterina Fetisova (badiiy gimnastika);

13 iyul: Darya Latisheva (ushu);

15 iyul: Bahromjon Masharipov (jiu-jitsu);

15-17 iyul: Fanat Qahramonov (muay-tay).

Umuman, musobaqa dasturida akrobatika, rollerda figurali uchish, sohil voleyboli, bouling, sumo, arqon tortish kabi 30 ta sport turini uchratish mumkin. Musobaqa tarixida jamoamiz 1997 yil 1 tadan oltin va kumush, 2005 yil 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lgan.

Hozirda Doston Otabolaev murabbiyi O'ktam Bekpo'latov bilan Birmingem shahrida etib borgan. Delegaciyamizning asosiy qismi esa bugun okean ortiga yo'l oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing