So’nggi yangiliklar

19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

20 jan 12:18
Yangiliklar

Boshqalar, Osiyo o'yinlari

O'zbekiston kriket jamoasi Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda

O'zbekiston kriket federaciyasiga 2019 yil noyabr oyida asos solingan.

Hozirda Respublikamizda 300 nafardan ziyod ushbu sport bilan faol shug'ullanuvchi yoshlar bor. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston kriket federaciyasi o'z oldiga qo'ygan rejalari haqida o'rtoqlashib, ushbu sport haqidagi taqdimotlarini namoyish qildi. Tadbirda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, MOQ qoshidagi RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov, O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mihliev, MOQ mutasaddi xodimlari va OAV ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Aziz Mihliev ushbu sportning O'zbekistondagi rivoji va federaciyaning o'z oldiga qo'ygan rejalari haqida gapirib berdi.

“O'zbekiston kriket federaciyasining tashkil topganiga 1 yildan oshdi. O'z oldimizga ulkan rejalar qo'yib faoliyatimizni boshlagan edik, biroq jahonda avj olgan koronavirus pandemiyasi bizga ham o'z tasirini ko'rsatdi. Tashkilotimiz Osiyo va Xalqaro kriket kengashlari bilan yaxshi hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Hozirda ular bizning faoliyatimizni o'rganib chiqishmoqda. Nasib qilsa, yaqin orada ular bizni o'z oilalariga rasman qabul qilishganlari haqidagi xushxabarni eshitamiz. Ushbu sport Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan. Bu yil Osiyo kriket kengashi qo'ygan talablarni bajara olsak, jamoamiz Osiyo o'yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin”, – dedi O'zbekiston kriket federaciyasi raisi.

SHundan so'ng OAV xodimlari federaciya mutasaddilariga o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Unda yurtimizda rasmiy kriket uchrashuvlarini o'tkazish uchun hali barcha talablarga javob bera oladigan maydon yo'qligi, Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun qo'yiladigan talablar, terma jamoani shakllantirish, kelajakdagi rejalar kabi mavzularda savol-javoblar olib borildi. Tadbirda o'zbekistonlik kriket ustalarining taqdimot va ko'rgazmali harakatlari yig'ilganlar uchun ushbu sport bilan yaqindan tanishga yordam berdi.

Yig'ilish yakunida SHerzod Tashmatov tadbir yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Avvalambor, ushbu jamoaga yurtimizda ommaviy sportni, xususan, kriketni rivojlantirish yo'lida olib borayotgan xizmatlari uchun tashakkur aytib o'tmoqchimiz. Mazkur sport turi 2022 yil bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kriket sportini yanada rivojlantirish yo'lida yordam ko'rsatishga tayyor. Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida olib boriladigan bunday hamkorlikni qo'llab-quvvatlaymiz”, – dedi SHerzod Tashmatov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing