So’nggi yangiliklar

12:15 World Boxing . Учинчи кунги жангларда уч боксчимизга мухлислик қиламиз 0 11:54UFC турнири пайти Кормьенинг қимматбаҳо автомобилини ўғрилаб кетишди 0 11:33Новак Жокович 20-маротаба "Уимблдон"даги юришини ғалаба бошлади 0 11:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг 0 10:51UFC on ESPN 70 турнирининг карди аниқ бўлди 0 10:30Арман Царукян нима учун Илия Топурияни кучсиз жангчи деб ҳисоблашини айтди 0 10:09Жаҳон кубоги. Иккинчи кунда 2 ғалаба ва 1 мағлубият, қозоқ боксчиси мағлуб этилди 0 09:48Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги 1/4 финалчи аниқланди + ВИДЕО 0 09:27Уимблдон турнири тарихида зарба тезлиги бўйича рекорд ўрнатилди 0 09:06Президент топшириғи билан пара велоспортчимиз Фотима Саиповага уй совға қилинди + ФОТО 0 08:45Илия Топурия UFC'да P4P рейтинги етакчиси бўлган ўнинчи спортчига айланди 0 07:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Ювентус"ни енгиб, 1/4 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 19:40Абдел-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0

02 may 16:16
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonlik sportchi “Hoqon oltini-2021” rallisida munosib ishtirok etdi

Teglar :  Ralli
23-27 aprel kunlari Astraxan shahrida avtoralli bo'yicha Rossiya chempionatining eng yirik ralli-reydlaridan biri hisoblanuvchi “Hoqon oltini–2021” bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu bosqichda “Dakar” ralli-marafonining 18 karra g'olibi – “KAMAZ-master” jamoasi ham qatnashdi. Bu yilgi “Hoqon oltini – 2021” rallisida o'zbekistonlik poygachilar ham ishtirok etdi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining ko'magi hamda O'zbekiston Milliy Avtomobil Klubi (O'zMAK) tomonidan taqdim etilgan xalqaro licenziya yordamida hamyurtimiz Anvar Ergashev birinchi marotaba “Hoqon oltini-2021” poygasida o'z omadini sinab ko'rdi.

Avtopoygachimiz T3 sinfiga mansub Can-Am Maverick X avtomashinasini boshqargan. Unga MARIA OPARIN jamoasining tajribali shturmani, belaruslik Andrey Rudnickiy hamrohlik qildi.

Umumiy masofasi 851,26 km ni tashkil etgan ushbu rallida ishtirokchilar 4 kun ichida belgilangan masofani bosib o'tishdi. 89 nafar ishtirokchi orasida Anvar Ergashev va uning shturmani Andrey Rudnickiy boshqaruvidagi ekipaj marraga T3 sinfida 5-o'rinda etib kelgan bo'lsa, barcha sinflar orasida 9-o'rinni egalladi.

Mana shunday ajoyib ko'rsatkich bilan hamyurtimizni muborakbod etamiz va unga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz.

Darvoqe, Anvar Ergashev jamoasini oldinda ralli-reydlar bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi – “Qozog'iston rallisi-2021” musobaqasi kutib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing