02 iyu 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC turniri payti Kormening qimmatbaho avtomobilini o'g'rilab ketishdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme o'g'rilik qurboni bo'lganini malum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, 29 iyun tongida o'tkazilgan UFC 317 turniridagi sharhi paytida o'g'rilar San-Xose aeroporti avtoturargohidagi Kormening Ram 1500 TRX 2025 rusumli 225 ming AQSH dollarga baholangan avtomobilini o'g'rilab ketishgan.
"O'tgan hafta men 2018 yildan beri bir xil mashinada yuribman, deya uni o'zgartirishga qaror qildim. Boshqasini olsam zo'r bo'ladi, deb o'yladim. UFC 317'dan qaytib kelib, mashinamni qidirib to'xtash joyini aylanib chiqdim. U erdagilar menga mashinamning payshanba oqshomida to'xtash joyidan chiqib ketganini aytishdi. Kimdir San-Xose aeroportidan mening mashinamni o'g'irlab ketgan. Ishonib bo'lmaydi", deb yozgan Korme.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar