02 iyu 09:06
Yangiliklar
Velosport, Paralimpiya

Prezident topshirig'i bilan para velosportchimiz Fotima Saipovaga uy sovg'a qilindi + FOTO
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning topshirig'i bilan Toshkent viloyati farzandi, paravelosport bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Fotima Saipovaga yangi uy berildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev hamda viloyat faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida xonadon kalitlari sportchiga topshirildi.
CHirchiq shahridagi “Yangi O'zbekiston” massivida yangi qurilgan ko'p qavatli uylardan 2 xonali, barcha qulaylik va jihozlar bilan taminlangan xonadon berildi.
Malumot o'rnida, Fotima Saipova so'nggi 4 yil mobaynida para velosport turida faol faoliyat yuritib, O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. U mamlakat chempionatlarida 4 marta g'oliblikni qo'lga kiritgan.
Yaqinda Tailandda o'tkazilgan Osiyo chempionatida shosse yo'nalishida 1-o'rinnni egallagan edi.
Havola :
Fikrlar