02 iyu 11:33
Yangiliklar

Novak Jokovich 20-marotaba "Uimbldon"dagi yurishini g'alaba boshladi
Dunyoning oltinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Serbiyalik tennischi ilk davrada ATP reytingida 41-o'rinni egallab turgan franciyalik Aleksandr Myullerni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/7(7), 6/2, 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0. Uch soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 22, Myuller 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Novak tomonida bo'ldi - 7 ga 0!
Jokovich faoliyatida 20-marotaba Uimbldon turnirida ishtirok etayotgan bo'lib, hali biron martta ham ilk bosqichda mag'lubiyatga uchramagan. U "Katta Dubulg'a" turnirlarida so'nggi bor "Australian Open-2006"da birinchi bosqichda yutqazgan edi. Endi Novak ikkinchi davrada britaniyalik Deniel Evansga qarshi kortga chiqadi. Evans o'z o'rnida vatandoshi Jey Klarkdan 6/1, 7/5, 6/2 hisobida ustun keldi.
Fikrlar