So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

10 dek 08:31
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU Belarus Milliy texnika universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Teglar :  BelarusO'zDJTU
Kuni kecha O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Belarus Milliy texnika universiteti o'rtasida onlayn formatda o'zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Unda O'zDJTSU rektori M.Boltabaev, Ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektor K.Bayazitov, Xalqaro hamkorlik bo'lim boshlig'i SH.Toshturdievlar ishtirok etdi.

7-11 dekabr kunlari Belarusda Milliy texnika universitetining 100 yillik yubileyi ham keng nishonlanmoqda, hamkorlik kelishuvi esa ushbu tadbir doirasida bo'lib o'tgani bayram kayfiyatini yanada ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Onlayn uchrashuvda Belarus Milliy texnika universitetining 30dan ortiq hamkor universiteti qatnashdi.

Dastavval, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori M.Boltabaev Belarus Milliy texnika universiteti rektori S.Xaritonchik va universitet jamoasiga samimiy tabrik yo'lladi. Ayni vaqtda Belarus davlatida bo'lib turgan universitetning O'zbek-Belarus qo'shma «Jismoniy tarbiya, sport va turizm» fakulteti dekani G.Asatova maxsus sovg'ani hamkor universitet rektoriga topshirdi. O'quv yurtining kelgusidagi ilm sohasida olib borayotgan ishlariga omadlar tiladi.

So'ngra ikkala tomon onlayn formatda hamkorlik shartnomasini imzolashdi. Xalqaro hamkorlik shartnomasiga ko'ra, endi ikki davlat oliy o'quv yurtlari o'rtasida «2+2» dasturi asosida ham qo'shma fakultet tashkil etiladi.

SHuningdek, onlayn tarzda ikki tomon o'rtasida kelgusidagi hamkorlik, loyihalar va tadbirlar to'g'risida suhbat bo'lib o'tdi.

Malumot uchun, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti shu kunga qadar 21ta xorijiy oliy o'quv yurti bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan edi. Endi ularning soni yana bittaga ko'paydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing