So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

19 dek 08:06
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSUda Respublika ilmiy-amaliy onlayn anjuman bo'lib o'tdi

Teglar :  O'zDJTSUSeminar
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasi menejerlarining kasbiy kompetentligini oshirish yo'llari mavzusida anjuman bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo'nalishi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish»ga muvofiq belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi yo'lida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlarga jahon hamjamiyati, xususan nufuzli olimlar, amaliyotchi mutaxassislar va xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan munosabat va etiroflarga ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy hamda ilmiy-amaliy jihatdan baho berish belgilangan.

Anjumanda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va xorijiy mamlakatlar xususan, Rossiya, Belorussiya, AQSH oliy talim massalaridan hamda mamlakatimizning sport federaciyalarining mutaxassislari, taniqli olimlar, professor-o'qituvchilar va magistrantlar ishtirok etishdi.

Anjumanning ilmiy dasturi zamonaviy sport industriyasi sharoitida sport menejerining o'rni, raqamli iqtisodiyot sharoitida menejment tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishda menejerning roli, O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida bo'lajak menejerlarning vatanparvarlik va manaviy-axloqiy tarbiyasi, sport murabbiylarning o'quv-mashq jarayonlaridagi boshqaruv tizimini tashkillashtirishning muammolari va sport bo'yicha menejerlarni tayyorlashning tibbiy va biologik jihatlari kabi asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oldi. Ushbu anjuman shubalariga jami 100 tadan ortiq maqolalar kelib tushdi.

Bugungi kunda jamoatchilik sport sohasi va u bilan bog'liq mutaxassisliklarga qiziqishmoqda. Bu sport biznesidagi xizmatlar uchun xalqaro bozorning rivojlanishi bilan bog'liq. Reklama beruvchilar, investorlar va jurnalistlar orasida sportga qiziqish ortib bormoqda. Mamlakatimizga bir qator yirik xalqaro sport tadbirlarini o'tkazish ishonib topshirilmoqda. Ularni tashkil etish uchun bir qancha tashkiliy ishlar olib boriladi. Jumladan, sport inshootlarini qurish va boshqarish, chet ellik muxlislarni kutib olish va joylashtirish, sport marosimlarni yuqori saviyada tashkil etish, xodimlar va murabbiylarni tayyorlash, sport tibbiyotini rivojlantirish kabilardir.

SHuningdek, anjuman natijalari bo'yicha so'zga chiqqan barcha olimlar, xususan xorijiy olimlarning bildirgan xulosalari va anjuman to'plamiga kelib tushgan ilmiy maqolalarda bildirilgan taqqoslama tanqidiy tahlillar asosida jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun anjumanning taklif va tavsiyalari tayyorlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing