So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

16 sen 21:42
Yangiliklar

Boshqalar

Paralimpiya tayyorlash markazida qabul o'tkazilmoqda + FOTO

Teglar :  Paralimpiya
Yurtimizda nogironligi bor yoshlarimiz uchun Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida paralimpiya yo'nalishi uchun 10 foizlik qabul kvotalari ajratildi.

Yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarga sport bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlari borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimi yo'lga qo'yilganligi, bu shubhasiz mamlakatimizda Paralimpiya harakatiga qaratilayotgan yuksak etibor va g'amhurlikning yaqqol namunasidir. 

Xususan, 2022/2023 o'quv yilidan boshlab, ilk marotaba aynan nogironligi bor yoshlarimiz uchun Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida paralimpiya yo'nalishi uchun 10 foizlik qabul kvotalari ajratildi.

Bugungi kunda mazkur yo'nalishda o'qish istagini bildirgan 300 nafardan ziyod  matonatli yoshlarimiz tomonidan hujjatlar topshirilgan bo'lib, 145 nafari imtihon natijalari asosida tanlab olinishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining paralimpiya sport turlariga jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan  para sportchi o'quvchilarni qabul qilish bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar mezonlari asosida jismoniy tayyorgarlik holatlari bo'yicha tanlovlar tashkil etiladi.

Bugun Respublikamizning 5 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida paralimpiya yo'nalishi bo'yicha 1-kursga kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni bo'lib o'tdi.

Urganch, Qarshi, Navoiy, Nukus hamda Termiz Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida jami 138 nafar yoshlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etdi.

Ushbu imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar Olimpiya va paralimpiya zahiralari kollejining para engil atletika, para dzyudo, para suzish, para velosport, para akademik eshkak eshish, para pauerlifting va para taekvondo sport turlari bo'yicha 1-kurs talabasiga aylanadi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing