15 avg 15:35
Yangiliklar
Paralimpiya

Osiyo Paralimpiya qo'mitasining VIII Bosh assambleyasi o'z ishini yakunladi
Qozog'istonning Ostona shahrida Osiyo Paralimpiya qo'mitasi (APC) tomonidan tashkil etilgan Bosh assambleya yig'ilishi nihoyasiga etdi.
Tadbirning so'nggi kuni doirasida shu yilning dekabr oyida Dubay shahri (BAA)da tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Para Osiyo o'yinlari hamda Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya o'yinlari, shuningdek, Doxa-2030 yozgi Para Osiyo o'yinlari tashkilotchiligi bo'yicha malumot berildi.
Kun davomida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi ishchi guruhi Xalqaro ko'zi ojizlar federaciyasi (IBSA), World Para Athletics (Xalqaro para engil atletika federaciyasi) tashkilotlari rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar