So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

17 apr 08:02
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik. Paola va boshqa raqiblarini mag'lub etgan Dayibekova licenzion turnirda qatnashadigan bo'ldi + FOTO

24-26 aprel kunlari Toshkentda qilichbozlik bo'yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqa bo'lib o'tadi.

Kecha mazkur turnir oldidan ichki saralash bahslari yakunlandi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar berdi

Xabar berganimizdek, murabbiylar shtabi eng kuchli raqobat yuzaga kelgan ayollar o'rtasidagi sablya yo'nalishida ana shunday musobaqa o'tkazishga qaror qilgan. 30 nafardan ortiq sablyachi qizlar raqobatida Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Paola Plieogo hamda Yana Obvinceva yarim finalga etib kelishdi.

Final uchun kechgan bahsda Zaynab Dayibekova Paola Pliegoni 15:9 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, ikkinchi juftlikda Sevinch Ismoilova Yana Obvincevani dog'da qoldirdi. Hal qiluvchi bellashuvda esa Dayibekova o'z ustunligini namoyish qilib, licenzion musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Bellashuvlarni MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov hamda Pan-Amerika qilichbozlik konfederaciyasida rahbarlik qilayotgan hamyurtimiz Vitaliy Logvin ham kuzatib borishdi va federaciya mutasaddilari bilan mazkur musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik masalalari yuzasidan suhbatlashishdi.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak licenzion musobaqada har bir yo'nalishda oltin medalni qo'lga kiritgan qilichbozlargina Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing