11 iyu 16:00
Yangiliklar
Qilichbozlik

Osiyo chempionatida qatnashadigan qilichbozlarimiz tarkibi malum
17-22 iyun kunlari Indoneziyaning Bali shahrida qilichbozlik bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi axborot xizmati ushbu musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz nomini malum qildi. Unga ko'ra, musobaqada qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:
Sablya, erkaklar: Musa Aymuratov, Islombek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Zuhriddin Qodirov;
Ayollar: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdebaeva, Samira SHokirova, Fernanda Errera.
SHpaga, erkaklar: Javohirbek Nurmatov, Meyirxan Timurov, Muhammadyusuf Sidiqov, Vadim Anoxin;
Ayollar: SHahzoda Egamberdieva, Bibimaryam Saparova, Sevara Rahimova, Sanam Nazarova, Dilnaz Murzataeva.
Rapira, erkaklar: Ilyas Molina, Doniyor Sadullaev, Radmir Semeneev, Ulug'bek Usmonov.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar