So’nggi yangiliklar

09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0

23 iyu 14:16
Yangiliklar

Boshqalar

Qozog'iston sportni byudjetdan moliyalashtirishga cheklovlar qo'ydi va legioner sportchilar olib kelishni taqiqladi

Teglar :  Qozog'iston
Bu haqda mamlakat turizm va sport vazirligi xabar berdi.

"Qozog'istonda jismoniy tarbiya va sport sohasini tizimli isloh qilish davom etmoqda. 2025 yil 16 iyun kuni Prezident Qosim-Jomart Tokaev tomonidan 2025 yilning 15 aprel kunida imzolangan "Qozog'iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jismoniy tarbiya va sport masalalari bo'yicha o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun kuchga kirdi.

Turizm va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur hujjat sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli qonunchilik islohotining muhim qismi bo'ldi.

Qonunning asosiy qoidalaridan biri byudjet mablag'laridan chet ellik sportchilarning ish haqi va taminoti uchun foydalanishni taqiqlashdir. Yangilik qozog'istonlik sportchilarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishini taqsimlashda ustuvorligini taminlash va milliy sport salohiyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan.

Bundan tashqari, qonunda professional sport klublarini davlat tomonidan moliyalashtirish chegaralari belgilangan. Mazkur chora byudjet mablag'lari sarflanishining shaffofligi va samaradorligini oshirish, klublarni byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarini rivojlantirishni rag'batlantirish, ularning davlat byudjetiga qaramligini kamaytirishga qaratilgan", deyiladi vazirlik bayonotida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing