So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

01 iyu 09:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Rahmatjon Ro'zioxunov "Elorda kubogi"da asosiy raqiblarimiz kim ekanligini aytdi

Qozog'istonda xalqaro "Elorda kubogi" musobaqasi o'tkazilmoqda. Ushbu musobaqa jarayoni, tayyorgarlik va asosiy raqiblar haqida Rahmatjon Ro'zioxunovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Qozog'istondagi xalqaro "Elorda kubogi" musobaqasida 10 ta terma jamoa qatnashmoqda. Turnirga yaxshi raqiblar kelgan. Musobaqada bizdan tashqari mezbon Qozog'iston, shuningdek Kuba, Mo'g'uliston, Yaponiya, Hindiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston terma jamoalari vakillari ishtirok etishmoqda. Barcha o'zining kuchli tarkibini olib kelgan. 

Mezbon Qozog'iston 4 ta tarkib bilan qatnashmoqda. Biz 10 nafar bokchi bilan 8 ta vazn toifasida bahslarda ishtirok etyapmiz. 

Musobaqaga tayyorgarlik Yangiobod o'quv bazasida, bosh murabbiy Marat Qurbonov boshchiligida bo'lib o'tdi. 

Mazkur turnir orqali bokschilarimizni yana bir bor sinovdan o'tkazib olmoqchimiz. Ochig'ini aytaman, asosiy kuchni ushbu turnirga sarflab qo'ymoqchi emasmiz, yigitlarimizi o'zlarining eng yuqori sport formasiga olib chiqmaganmiz. CHunki, oldinda Osiyo chempionati bor. Lekin hali musobaqa qaerda o'tkazilishi aniq emas. Qita birinchiligidan so'ng Toshkentda bo'ladigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaymiz. 

Safimizda asosiy tarkibdan tashqari, 2 va 3-raqamli bokschilarimiz bor. Ushbu musobaqa orqali ularni sinovdan o'tkazib olishimiz lozim. Yana bir necha bokschimiz Moskvadagi musobaqada qatnashib kelishdi. 

Asosiy raqiblar? Bu erda barcha terma jamoalar kuchli. Asosiy raqib sifatida Qozog'istonni ko'rsatgan bo'lardim. Ular bizning yigitlarga qarshi katta tayyorgarlik bilan jangga chiqishmoqda. 

Bugun musobaqa doirasida 8 nafar bokschi yigitlarimiz jang qiladi", - dedi Rahmatjon Ro'zioxunov O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing