So’nggi yangiliklar

21:41Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларининг дзюдо баҳсларига қуръа ташланди 0 19:00"Усик фаолиятини якунлашини истардим" - Эдди Хирн 0 18:38ИНТЕРВЬЮ. "Чечен дўстларимнинг гаплари оғир ботди" — Холмурод Нурматов 0 18:16"Сўғдиёна" ўз футболчисининг товон пулини 1 миллион доллар этиб белгилаб қўйган экан 0 17:56Гусков, Уиттакер, "Гладиатор" ва бошқа UFC on ABC 9 турнири жангчилари медиа тадбирларни бошлашди + ФОТО 0 17:51"Холлоуэйнинг кейинги жанги чемпионлик учун бўлиши керак" - UFC чемпиони 0 17:24Ўзбекистон стол тенниси терма жамоасида хитойлик мураббийлар иш бошлаши мумкин 0 17:01Пётр Ян Двалишвили билан реванш истамоқда: "Мерабни мағлуб эта оламан" 0 16:39Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди 0 16:16Анкалаевнинг менежери Перейра билан реванш қачон бўлишини айтди 0 15:52Тбилисида қиличбозлик бўйича жаҳон чемпионати бошланди 0 15:31Тайсон Фьюри Дюбуа билан спарринг ҳақида қизиқарли воқеани айтиб берди 0 15:10Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди 0 14:49Олимпия шаҳарчаси ва Миллий футбол марказида қурилиш ишлари қандай кетмоқда? 0 14:38Нурсултон Рўзибоев ва Хамзат Чимаев жангга бирга тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0

11 jan 20:17
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Rayan Garsiya Isaak Krusga qarshi jang qilishni istaydi

Rayan Garsiya o'zi kim?

Ijtimoiy tarmoq yulduzi, boks muxlislarining sevimlisiga aylangan Rayan Garsiya 1998 yilda Amerikaning Kaliforniya shtatida tug'ilgan. Bolaligidan boksga qiziqa boshlagan Rayan etti yoshidan boks maktabiga bora boshlaydi. Oz muddatdan keyin u xavaskor boksda jang qilgan. 

U erda yosh Rayan xozirgi engil vaznning WVC chempioni Devin Xeyni bilan olti bor to'qnash keladi va ularning uchtasida g'alaba qozonadi. Qolgan uchtasida Devinning qo'li baland kelgan. SHuning uchun Garciya xar qanday holatda Devin bilan professional ringda jang qilishga tayyor ekanligini ko'p bora takidlagan. 


Professional boksga ilk qadam

2016 yil u professional boksda debyut qiladi va yosh bo'lishiga qaramay, Rayan birinchi raunddayoq meksikalik Edgar Mezani nokautga uchratadi. U hozirgacha 21ta jang o'tkazib, ularning 18tasida nokaut qayd etgan . Bu bilan u to'xtab qolmoqchi emas. Jismoniy taraflama Garsiya ancha tezkor, chidamli va og'ir zarbaga ega bokschi. 


Kempbell bilan kechgan murosasiz jang 

So'nggi jangida Garsiya engil vaznda vaqtinchalik WVC  chempioni britaniyalik Lyuk Kempbell bilan to'qnash keldi. Jang Rayan uchun kutilmagan tarzda boshlandi. Ikkinchi raundda Kempbell Garsiyani nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Ammo 24 yoshli charm qo'lqop ustasi o'zining jismoniy tarafdan kuchli ekanligini isbotlay oldi va tezda o'rnidan turdi. Kempbell yana zarbalar yo'llashdan to'xtamadi. Ushbu jang amerikalik bokschi uchun oson kechmadi. SHunga qaramay, u ettinchi raundda britaniyalik raqibini texnik nokautga uchratdi va vaqtinchalik WVC chempioniga aylandi.



Garsiya Isaak Krus bilan jang qilishni istaydi

Turgan gap, endilikda istedodli bokschi chempionlik kamarini qo'lga kiritishga harakat qiladi. Buning uchun u WVC chempioni Devin Xeyni bilan jang qilmoqchi. Ammo Xeynigacha amerikalik bokschi Isaak Krus bilan jang qilish niyati borligini ijtimoiy tarmoqlarda yashirmagan. 

Xo'sh! Bu jang amalga oshsa Garsiyaga ancha qiyin bo'lishi aniq. Sababi jahon reytingida 8-o'rinni band etib turgan meksikalik jangchi, Isaak Krus anchagina jiddiy raqib. Professional boksda Krus 25ta jangida 22 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan. Jismoniy tarafdan olib qarasak, meksikalik charm qo'lqop ustasi aniq va tezkor zarbalar egasi. Ximoya masalasida ham Krus taxmin qilinayotgan raqibi Garsiyaga bosh og'riq bo'ladi. Ikki bir biriga qarama-karshi bokschilar o'rtasidagi jang qiziqarli o'tishi aniq. Bu jang tashkil etilsa, engil vazn anchagina qiziqarli tus olishi mumkin. Xozirda Rayan Garsiya WBC reytingida Lomachenkodan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.


Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing