27 iyu 11:29
Yangiliklar

SHohasan yana o'yindan chiqdi. Octagon 75 markaziy jangida Azamat Nuftillaevni ko'ramiz + POSTER
Musobaqaning markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov divizion chempioni, Qozog'iston vakili Georgiy Kichiginga qarshi bahs olib borishi kerak edi.
Biroq nomalum sabablarga ko'ra, jang yana bekor qilindi. Hisob bo'yicha bu ikki sportchi o'rtasida bekor bo'lgan uchinchi jangdir.
Octagon League axborot xizmatining malum qilishcha, turnirning asosiy bellashuvi endilikda hamyurtimiz Azamat Nuftillaev va rossiyalik Daniyal Elbaev o'rtasida kechadi.
Azamat "Drakon" Nuftillaev karerasi davomida 18 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Daniyal "T-34" Elbaev hisobida esa 12 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar