So’nggi yangiliklar

19:15Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди 0 18:52Турки аш Шайх Тайсон Фьюри 2026 йилда профессионал рингга қайтишни айтди 0 18:25Диёра Келдиёрова IJF Атлетлар комиссияси аъзолигига сайланди! 0 18:02Арман Царукян Илия Топурияга мурожаат қилди 0 17:39Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди 0 17:17Мавлонбек Миркомиловнинг кейинги рақиби ҳамда жанг санаси эълон қилинди 0 16:55"Осон пуллар". Царукян — Гэтжи ва Пимблетт билан жанглар ҳақида гапирди 0 16:32Ўзбекистон спорти раҳбарлари Қозоғистон МОҚ раҳбари Геннадий Головкин ва бошқалар билан учрашди (ФОТО) 0 16:16"Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди" — "Ливерпуль" футбол клуби 0 15:55Тайсон Фьюри 2026 йилда Усик билан учинчи жанг бўлишини айтди 0 15:34Шаҳрам Ғиёсов WBA вақтинчалик камари учун жанг қилади, рақиб маълум — манба 0 15:13Уимблдон. Элина Свитолина учинчи даврада 0 14:52"Фенербахче" Асенсио учун ПСЖга 15 млн евро таклиф қилди 0 14:31Феруза Казакова Жаҳон кубоги ярим финалига йўл олди 0 14:10Аслида Шоҳжаҳон Эргашев рингга чиқиши керак бўлган Ованес Бачков иштирокидаги жанг 9-раундда тўхтатилди 0

19 may 12:56
Yangiliklar

Futbol

Ro'ziqul Berdiev: "Hech kim durang haqida o'ylayotgani yo'q, faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz"

OFK kubogi 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va futbolchi Oybek Bozorov qatnashdi.

"Ertaga biz uchun ham, raqib uchun ham muhim va hal qiluvchi bahs. "Oltin Asr" jiddiy va tajribali jamoa, qiyin o'yinga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Hal qiluvchi bahsga barchamiz tayyormiz. Muxlislarimizni xursand qiladigan natija qayd etishga harakat qilamiz", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

"Ertangi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Menimcha kichik final bo'ladi deb o'ylayman. Bor kuchimiz bilan o'ynaymiz va tayyorgarlikni o'yinda ko'rsatmoqchimiz", - deydi Oybek Bozorov.




- Ertaga "Nasaf"ni durang ham qoniqtiradi. Bunday pallada durang uchun maydonga tushish xavfli, futbolchilarni qanday ruhlantirdingiz?

- Yigitlar bilan gaplashib oldik. Hech kim durang haqida o'ylayotgani yo'q, faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. "Oltin Asr" jamoasini yaxshi o'rganib chiqdik va tarkibida Turkmaniston terma jamoasining ko'plab o'yinchilari borligini ko'rdik, tajribali jamoa. SHu bois bo'shashmaymiz va g'alabani ko'zlab o'ynaymiz.

- "Oltin Asr" safida baquvvat va bo'ydor futbolchilar ko'p. "Nasaf"da esa asosan yosh va kichik futbolchilar o'ynaydi. Bu yakkakurashlarda pand berib qo'ymaydimi?

- Haqiqatdan ham bo'lajak raqibimiz yakkakurashlarda ancha yaxshi o'ynaydi. Lekin futbolda bu muhim ahamiyat kasb etmaydi, ertaga raqibdan tezroq va chaqqonroq bo'lishimiz kerak. "Oltin Asr"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. O'ylaymanki ertaga yigitlarimiz vazifani uddalashadi.

- "Xo'jand" bilan o'yinning birinchi taymida 3:0 hisobi qayd etildi. Ikkinchi taymda esa gol bo'lmadi...

- "Xo'jand" bilan o'yinga jiddiy tayyorlandik va birinchi taymda bor kuchimiz bilan o'ynadik. Tanaffus vaqtida yigitlarga keyingi o'yinga ham kuchingizni asrang dedim. Lekin hali oldinda 45 daqiqa borligini va bo'shashmaslikni so'radim. Istalgan jamoa 3:0 hisobidan keyin biroz ehtiyotkor o'ynaydi. To'g'ri ikkinchi taymda hujumda bor kuchimiz bilan o'ynamadik va keyingi bahs haqida o'ylay boshladik. O'zgarishlar qildik va yoshlarni maydonga tushirdik.




- Dastlabki ikki turda "Oloy" va "Xo'jand" bilan o'ynadinglar. Qaysi o'yin jamoaingiz uchun oson o'tdi?

- "Oloy" bilan bahsning ikkinchi taymi. Sababi birinchi taymning o'zida ko'p vaziyatlar yaratdik va ikkinchi taymda 4ta gol urdik. "Xo'jand" esa o'z maydonida o'ynadi va "Oloy"dan biroz kuchli ekanligini ko'rinib turdi.

- Bu tarkib bilan "Nasaf" OFK kubogi finaliga etib bora oladimi?

- Xudo xohlasa guruhdan chiqsak tarkibimizni biroz kuchaytirishimiz kerak. Milliy chempionatimiz va kubokda ham yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. OFK kubogida ham uzoqqa borishni xohlaymiz. Buning uchun yozda tarkibimizni kuchaytirishimiz kerak. Bu borada rahbariyat bilan gaplashib olganmiz.

- "Oltin Asr"ning kuchli tomonlarini sanab bera olasizmi?

- Kuchli tomoni raqibning tajribali futbolchilari ko'pligi. Tarkibda Turkmaniston milliy terma jamoasi azolari bor.




- Raqib safida baquvvat va bo'ydor futbolchilar ko'pligini aytdik. Lekin tezligi biroz pastroq. Siz esa chaqqon va ko'p fint ko'rsatasiz. Bunday raqiblarga qarshi o'ynash qanchalik qiyin?
Oybek Bozorov: 
- Bilmadim, ertaga o'yinda ko'ramiz. Aytganingizdek bo'ydor futbolchilarning tezligi biroz pastroq bo'ladi, o'yinda barchasini ko'ramiz.


 


Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing