03 iyu 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Mavlonbek Mirkomilovning keyingi raqibi hamda jang sanasi elon qilindi
Joriy hafta yakunida Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon League 75 turniri o'tkaziladi.
Malum qilinishicha, turnir doirasida engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi hamyurtimiz Mavlonbek Mirkomilov ham chiqish qiladi. Anchayin tanilib borayotgan Mavlonbekka Octagon 75'da turkiyalik Kamal Guseynov qarshi chiqadi.
Jang asosiy kard dasturidan o'rin olgan.
Mirkomilov ushbu bahsda g'alaba qozongan taqdirda chempionlik poygasiga qaytishi imkoni bor.
Malumot o'rnida, Mavlonbek faoliyati davomida 11 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 durangni o'z hisobiga yozdirgan. Kamal Guseynov hisobida esa 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar