03 iyu 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Aslida SHohjahon Ergashev ringga chiqishi kerak bo'lgan Ovanes Bachkov ishtirokidagi jang 9-raundda to'xtatildi
Kecha oqshom Turkiyaning Istanbul shahrida IBA Pro 7 professional boks turniri bo'lib o'tdi.
Turnir doirasida Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Ovanes Bachkov Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi Xolisani Ndongeniga qarshi ringga ko'tarildi. Jang 9-raundda referi tomonidan to'xtatildi. Murabbiylar ring markaziga oq sochiq tashlashdi, boisi Ndongeni nokdaun holatiga tushib qolgandi.
SHu tariqa, Ovanes Bachkov prof ringdagi 8-jangida 8-g'alabasini qo'lga kiritdi. Janglarining 7 tasini muddatidan avval yakunlagan. Aslida kecha armanistonlik bokschi hamyurtimiz SHohjahon Ergashevga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Xabarda Ergashevning jarohat olgani sabab bu jangdan voz kechgani aytilmoqda.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar