03 iyu 15:13
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Elina Svitolina uchinchi davrada
London shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri davom etmoqda.
Dunyoning 13-raketkasi Elina Svitolina uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Ukrainalik tennis malikasi ikkinchi bosqichda WTA reytingida 107-pog'onani band etgan belaruslik Aleksandra Sosnovichdan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/2, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati yana tiklandi - 2:2.
Etmish etti daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 1, Sosnovich 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham etarlicha qo'shxatoga yo'l qo'yishdi - 6 ga 5, Aleksandra "foydasi"ga. Breyklar bo'yicha ustunlik esa tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 7 ga 4. Endi Elina uchinchi davrada belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar