So’nggi yangiliklar

07:30Оливейра ёки Топурия? UFC 317 турниридан ОНЛАЙН 0 19:52Бобир Абдихолиқов, Гулруҳбегим Тоҳиржонова ва яна бир қатор спортчиларимиз давлат мукофоти билан тақдирланди 0 18:00"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди 0 17:39Сауль Альварес Илия Топурияга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:15Илия Топурия: "Агар Махачев ютса мен билан жанг қилсин. Ютқазса, навбатга турсин" 0 16:38Арман Царукян Порье – Холлоуэй тўқнашуви учун захира жангчиси бўлмоқчи 0 16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0

17 mar 10:31
Yangiliklar

Tadbirlar

RSTIAM faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  RSTIAMMOQ
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) terma jamoalarimiz sportchilari va xalqimiz uchun xizmat qilmoqda.

MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov Markaz direktori Abdushukur Sadikov bilan istiqboldagi rejalarni muhokama qilib oldi. Yig'ilishda MOQ hamda RSTIAMning moliya-iqtisod yo'nalishi bo'yicha mutasaddilari ham ishtirok etishdi. A.Sadikov uchrashuv avvalida Markazning so'nggi yillarda olib borayotgan faoliyati, sportchilar va xalqimiz uchun qanday yo'nalishlarda xizmat ko'rsatayotgani borasida yaqindan malumot berdi. SHundan so'ng MOQ raisi kamchilik va muammolarni bartaraf etish, kelgusida yanada sifatli ishni yo'lga qo'yish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

“Barcha jabha qatori sport tibbiyoti ham rivojlanib bormoqda. Biz ham o'sishda davom etishimiz lozim. Zamonaviy texnikalar, yangicha metodikalar ustida ishlaylik. Aholimiz va sportchilar uchun nima kerakligini o'rganib chiqishimiz kerak. Misol uchun, markazimizning o'zida dorixonaning yo'qligi ham mijozlarimiz uchun biroz noqulaylik tug'diradi. Pandemiya davri boshlangandan beri barcha o'z sog'lig'iga yanada ahamiyatli bo'lishni o'rgandi. Bu erga kelgan odam, barcha masalalariga echim topib ketsa, biz uchun yutuq bo'ladi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Suhbat davomida MOQ rahbariyati tomonidan Markazdagi barcha xodimlarning shtat birligini yaxlitlash, ular oladigan oylik maoshlarni qayta ko'rib chiqish va zarur bo'lsa ko'paytirish, xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, zarur zamonaviy texnik uskunalarni xarid qilish uchun optimal variantlar yuzasidan taklif kiritish borasida ko'rsatmalar berildi. SHuningdek, farmakologiya bo'yicha yangi metodikalarni o'rganish, sportchilarimiz uchun xorijdan keladigan dori vositalarini o'zimizda ishlab chiqarish bo'yicha Sog'liqni saqlash vazirligi, O'simliklar kimyosi instituti bilan hamkorlikda ishlash, sportchilarimizning salomatligini yanada qattiq nazoratga olish kerakligi takidlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing