So’nggi yangiliklar

10:30Арман Царукян нима учун Илия Топурияни кучсиз жангчи деб ҳисоблашини айтди 0 10:09Жаҳон кубоги. Иккинчи кунда 2 ғалаба ва 1 мағлубият, қозоқ боксчиси мағлуб этилди 0 09:48Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги 1/4 финалчи аниқланди + ВИДЕО 0 09:27Уимблдон турнири тарихида зарба тезлиги бўйича рекорд ўрнатилди 0 09:06Президент топшириғи билан пара велоспортчимиз Фотима Саиповага уй совға қилинди + ФОТО 0 08:45Илия Топурия UFC'да P4P рейтинги етакчиси бўлган ўнинчи спортчига айланди 0 07:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Ювентус"ни енгиб, 1/4 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 19:40Абдел-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0

03 may 09:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Saken Polatov - Osiyo boks konfederaciyasi vice-prezidenti!

Teglar :  Saken Polatov
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo boks konfederaciyasi Ijroiya Qo'mitasi azosi, Osiyoda boksni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash fondi rahbari Saken Polatov Osiyo boks konfederaciyasining vice-prezidenti lavozimiga saylandi.

Bu haqida tashkilot matbuot xizmati ham rasman elon qildi. Ushbu xabarning o'zbek tilidagi ko'rinishini etiboringizga havola qilamiz. 

O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov dam olish kunlari o'tkazilgan Ijroiya Qo'mitasi azolari yig'ilishida katta farqdagi ovoz bilan Osiyo boks konfederaciyasi vice-prezidenti lavozimiga saylandi. Bugundan boshlab janob Saken Polatov Osiyo boks konfederaciyasi vice-prezidenti hisoblanadi.

Saken Polatov 2019 yilning aprel oyida Bangkokda o'tkazilgan ASBC Bosh assambleyasi davomida Ijroiya Qo'mita azoligiga saylangandi. 

2020 yilning dekabr oyidan boshlab Osiyoda boksni rivojlantirish jamg'armasi rahbari etib tayinlangan. Ushbu fond Osiyoda boksni rivojlantirish, kelajakda uzoq muddatli muvaffaqiyatlarga erishish maqsadida ASBC prezidenti Anas Alotaiba tomonidan tassis etilgan. Ushbu fond aprel oyida Toshkentda o'tkazilgan boks oqshomidan so'ng "Hilton" mehmonxonasida o'zining dastlabki yig'ilishini o'tkazgandi. 

Saken Polatov strategik fikrlash va ishga bo'lgan munosabat bo'yicha Osiyo boks konfederaciyasi rahbari Anas Alotaiba bilan hamfikr hisoblanadi. 

Osiyoda boksni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash fondi rahbari Saken Polatovning fikricha, tizimni doimiy monitoring qilish, qayta aloqa va nazorat ishni tashkil etishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. 

Janob Saken Polatovning O'zbekiston boks federaciyasida ajoyib jamoasi bor. Jumladan SHohid Tillaboev, Malik Babaev, Murodjon Mamadaliev va Tamila Sarixanova kabi mutaxassislar ishni tashkil etishda yuqori malakaga egadir. 

O'zbekiston boks federaciyasi Polshaning Kelce shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida fantastik natija qayd etdi va uchta oltin medal qo'lga kiritdi. Ular qatorida ayollar boksi oltin medali ham bor. Nigina O'ktamova, SHahzod Muzaffarov va Jahongir Zokirov Kelceda oltin medalga ega chiqdi. 

O'zbekiston kattalar terma jamoasi esa Sankt-Peterburgdagi "Gubernator Kubogi"da to'rtta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ular hozirda 21 may kuni Dubayda boshlanadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishmoqda, deya ushbu bayonotga yakun yasagan ASBC matbuot xizmati. 

O'z navbatida O'zbekiston boks federaciyasi jamoasi nomidan Saken Polatovni ushbu yuqori lavozim bilan qutlaymiz va ushbu masuliyatli, sharafli vazifada muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing