18 apr 07:14
Yangiliklar

“Konstantin Korotkov” xalqaro turniri: Bugun Do'smatov - Bibosinov jangi bor!
Bugun ushbu musobaqada 1/2 final janglari o'tkaziladi. Final chiptasi uchun 15 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi. Ular orasida 54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Faryozbek Do'smatov Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni, qozog'istonlik 33 yoshli Saken Bibosinovga qarshi final chiptasi uchun bahs olib boradi. Kecha 1/4 finalda Hasanboy Do'smatov ukasi Faryozbekka qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Kutilganidek, aka ukaga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat berdi.
1/2 final juftliklari:
-50 kg: Gulsevar G'anieva - Gulinar Turapbay (Qozog'iston)
-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Aydona Zabunbekova (Qozog'iston)
-60 kg: Rashida Tagirova - Rima Volosenko (Qozog'iston)
-66 kg: Aysanem Saruarova - Sun Xyo Xoang (KXDR)
-75 kg: Aziza Zokirova - Molka Mabruk (Tunis)
-54 kg: Faryozbek Do'smatov - Saken Bibosinov (Qozog'iston)
-57 kg: Sanjar Vahobov - Dmitriy SHipovskiy (Rossiya)
-80 kg: Rahmatulla Boymatov - Vasiliy Kaverin (Rossiya)
-60 kg: SHohruh Abdumalikov - Gonbold Dorinyambuf (Mo'g'uliston)
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Janbos Kadiraliev (Qozog'iston)
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Radna Cibikov (Rossiya)
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Asilbek Abdurahmonov
-86 kg: SHohjahon Abdullaev - Andrey Masalov (Belarus)
-86 kg: Nusratbek Tohirov - Saveliy Sadoma (Rossiya)
Fikrlar