So’nggi yangiliklar

14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0

21 sen 08:54
Yangiliklar

Boshqalar

CHirchiqda o'zbek jang sanati bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi + FOTOGALEREYA

Teglar :  O'zbek jang sanati
19-20 sentyabr kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz - o'zbek jang sanati bo'yicha mamlakat kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Yoshlar, o'smirlar va kattalar o'rtasida o'tkazilgan mazkur musobaqada barcha hududlaridan kelgan 800 nafarga yaqin sportchilar o'zbek jang sanatining "Bellashuv" yo'nalishi bo'yicha o'zaro kuch sinashishdi. 

Musobaqada sportchilar nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki tezkor fikrlashi, jasorati va milliy jang usullarini puxta egallaganini ham namoyon etishdi. 

Zero, o'zbek jang sanati — shunchaki sport emas. Unda xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan jang usullari mujassam. Ota-bobolarimizdan avlodlarga o'tib kelgan ushbu noyob meros bugun zamonaviy sport talablari asosida yanada takomillashib, sanat darajasiga ko'tarilmoqda.

CHirchiqda o'tgan bellashuvlar esa o'zbek jang sanati yurtimizda tobora ommalashib, yangi iqtidorlar va kuchli sportchilar safini kengaytirib borayotganining yana bir yaqqol dalili bo'ldi, deyish mumkin. 

Musobaqa doirasida shuningdek, tantanali ochilish marosimi ham ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Unda O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov, O'zDJTSU rektori Rashid Matkarimov hamda sport sohasi vakillari ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga omad va zafarlar tilashdi. 

Ikki kunlik bahslar yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida qo'ydagi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishdi. Musobaqa yakunida har bir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlanishdi. 

Yoshlar

1. Toshkent viloyati

2. Namangan viloyati

3. Samarqand viloyati


O'smirlar

1. Buxoro viloyati

2. Farg'ona viloyati 

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi


Kattalar

1. Andijon viloyati 

2. Toshkent shahri

3. Xorazm viloyati. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing