So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

20 dek 21:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Saken Polatov Osiyo boks konfederaciyasida lavozimga ega bo'ldi

Teglar :  BoksSaken Polatov
Osiyo boks konfederaciyasi prezidenti Anas Alotayba tashkilotda rasman yangi Fond - Osiyoda boksni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etilganini malum qildi.

Etiborlisi, ushbu fondga aynan o'zbekistonlik mutaxassis rahbarlik qiladigan bo'ldi. Unga ko'ra, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov ushbu fond rahbari etib tayinlandi. 

ASBC (Osiyo boks konfederaciyasi)  rahbari ushbu tashkilot tuzilganini elon qilar ekan, Osiyoda boksni yanada rivojlantirish borasida uzoq muddatlik strategiya ishlab chiqilganini aytdi. 

Kelasi yili ASBC byudjetida yangi Fond uchun malum miqdordagi mablag' ajratiladi. Ushbu pul qitamizda boksi rivojlanayotgan mamlakatlar milliy federaciyalariga ajratiladi. 

Osiyo boks konfederaciyasi Fond so'roviga asosan, bunday mamlakatlarni boks uchun zarur bo'lgan anjomlar, talim kurslari, logistika masalalari va boshqa yo'nalishlar bo'yicha qo'llab-quvvatlaydi.

Fond komissiyasi tarkibida hamyurtimizga besh nafar mintaqaviy vice-prezident ham tayinlangan. 

Unga ko'ra, fond rahbariyati tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan:

Saken Polatov (O'zbekiston) - Osiyo boks konfederaciyasi Ijroqo'm azosi, Fond raisi.

Edgar Pikson (Filippin) - Osiyo boks konfederaciyasi Ijroqo'm azosi, Fond raisi o'rinbosari

Favzi Asafra (Falastin) - Falastin boks federaciyasi prezidenti

Raj Kumar Sacheti (Hindiston) - Hindiston boks federaciyasi ijrochi direktori, ASBC prezidenti maslahatchisi

Billi Vong (Makao) - Makao boks federaciyasi vakili

Hamyurtimiz o'z bilim va malakasi evaziga endilikda nafaqat O'zbekiston, balki qitamiz boksi rivojiga ham o'z hissasini qo'shadigan bo'ldi. Fursatdan foydalanib, Saken Djetibaevichga yangi masuliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar, omadlar tilaymiz.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing