So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

20 dek 07:23
Yangiliklar

Sambo

Sambo: Jahon kubogining ilk kunida 8 ta medal!

Teglar :  SamboJahon kubogi
SHu kunlarda Rossiya Federaciyasining Moskva shahrida sambo bo'yicha kattalar va ayollar o'rtasida Jahon kubogi musobaqalari bo'lib o'tmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada mezbonlardan tashqari Armaniston, Belarus, Moldova, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston, Xitoy, Baxrayn, Ruminiya, Serbiya, Xorvatiya, Vinesuela kabi 14 ta mamlakatdan jami 130 nafardan ortiq sportchi g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Ular orasida 13 nafar O'zbekiston milliy terma jamoa azolari ham bor.

Ilk kungi bahslarda vakillarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo'lishdi. Jumladan, hamyurtlarimizdan Davlatjon Hamroev (-62 kg) oltin, Ulug'bek Raxmonov (-82 kg) kumush, Sunnat Abdumajidov (-82 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

Ayollar o'rtasidagi bahslarda esa Ibodatxon Og'ajonova (-60 kg) o'z vazn toifasida kumush, Dilnoza Ziyaeva esa (-52 kg) bronza medalini qo'lga kiritib, Jahon kubogida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

SHuningdek, jangovar sambo yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azosi Dilshod Gadoev 57 kggacha vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, uning jamoadoshlari Erali Abraev (-90 kg) hamda Hakimjon Ismoilovlar (+100 kg) o'z vazn toifalarida kumush medal bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing