So’nggi yangiliklar

12:36Сайдатхон Нуриддинов ҳам Octagon 75 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 12:15Хабибнинг яна бир жамодоши UFC'га ўтди 0 11:54Разамбек Жамалов ўнинчи операциядан кейинги ҳолати ҳақида маълумот берди 0 11:33Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди 0 11:12UFC рейтинги янгиланди: Топурия P4P рейтингининг янги қироли! 0 10:51Навоий “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси кучлиларни аниқлади ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:30Фьюри, Жошуа, Кроуфорд каби машҳурлар Мадияр Саидраҳимов иштирокидаги IBA турнирига ташриф буюришади 0 10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0 09:48Жаҳон кубоги. Илк кунни битта ғалаба ва битта мағлубият билан бошладик, бугун яна уч ҳамюртимиз рингга чиқади 0 09:27Сув спорт турлари бўйича Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ бўлди 0 09:06Авлиёхон Ҳамидов Тошкентда жанг қилади, рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 08:45Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди 0 19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0

21 apr 11:38
Yangiliklar

Velosport

"SHahrisabz Open"ning birinchi kungi g'oliblari malum FOTOREPORTAJ

Qashqadaryo viloyatida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha "SHahrisabz Open" musobaqasi o'tkazilmoqda.

Qarshi shahridagi "Vatanparvarlar" bog'ida musobaqaning ochilishiga bag'ishlab o'tkazilgan tantanali marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev ham ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tiladi va poygaga start berdi.

Erkaklar va o'smirlardan iborat 70 nafardan ziyod sportchilar qariyb 110 km ga yaqin masofani bosib o'tib, qadimiy va go'zal SHahrisabz shahrining Amir Temur xiyoboniga (Oq saroy majmuasiga) etib kelishdi.

Velopoyga ishtirokchilarini SHahrisabz shahar hokimi Akrom Sulaymonov, sektor rahbarlari, Yoshlar agentligi hamda keng jamoatchilik vakillari tantanali ravishda kutib oldi.

Velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha guruh poygasida belgilangan finishga birinchi bo'lib Xorazm viloyati sportchisi Umidjon Baxtiyorov etib keldi. Poytaxtlik Edem Eminov ikkinchi bo'lib marra chizig'ini bosib o'tdi. Faxrli uchinchi o'rin esa Toshkent viloyati velopoygachisi Akrom Sunnatovga nasib etdi.

Malumot uchun, mazkur musobaqa O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamkorligida o'tkazilmoqda.

Bugun SHahrisabz shahrida musobaqaning kriterium guruh poygasi yo'nalishi bo'yicha g'olib-sovrindorlari aniqlanadi.

Faxriddin CHoriev, saytimizning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing