01 iyu 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning yana bir jamodoshi UFC'ga o'tdi
Bu haqda sobiq chempion Xabib Nurmagomedov o'zining Instagram sahifasida malum qildi.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, afsonaviy Abdulmanap Nurmagomedovning shogirdi Saygid Izagaxmaev UFC promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
"U bir-ikki oydan keyin UFC'dagi debyutini o'tkazadi. SHou bo'lishini aytyapti", deb yozgan Nurmagomedov.
Malumot uchun, 30 yoshli Izagaxmaev faoliyati davomida 24 ta jang o'tkazib, 22 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : instagram.com/khabibnurmagomedov
Fikrlar