17 okt 12:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning jamoadoshi UFC'dagi debyutini 40 yashar sportchiga qarshi o'tkazadi
Bu haqda MMA Junkie nashri insayderi Mayk Bon malum qildi.
Malum bo'lishicha, rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, afsonaviy Abdulmanap Nurmagomedovning shogirdi Saygid Izagaxmaev UFC'dagi dastlabki jangini 22 noyabr kuni Qatarda o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida o'tkazadi.
Unga o'sha kuni amerikalik Nikolas Dalbi raqib sifatida beriladi. Jang yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Malumot uchun, 31 yoshli Izagaxmaev faoliyati davomida 24 ta jang o'tkazib, 22 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. 40 yashar Nikolas Dalbi hisobida esa 23 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar