08 dek 11:02
Yangiliklar
London Chess Classic 2025. Abdusattorov rapid musobaqasidagi ishtirokini yakunladi
Musobaqaning asosiy turniri - klassik shaxmatda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov eng yaqin taqibchisidan ikki ochko ilgarilab ketib, muddatidan avval chempion bo'lgandi. Turnirning rapid bahslarida esa unga omad etishmadi. So'nggi turda u greciyalik Nikolas Teodorouni mag'lubiyatga uchratganida rapid bahslarini kamida ikkinchi o'rinda sovrin bilan yakunlagan bo'lar edi.
Afsuski, oq donalarda o'ynaganiga qaramay, Abdusattorov bu muhim partiyada raqibiga yutqazib, o'z ishtirokini 7,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 12-o'rinda yakunladi. Nodirbekni mag'lub eta olgan Nikolas esa 9 ochko bilan rapid turniri chempioniga aylandi. Franciyalik Alireza Firuzdja 8,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 8 ochko jamg'argan amerikalik Lener Dominges yakun yasadi.

Fikrlar