01 iyu 11:12
Yangiliklar

UFC reytingi yangilandi: Topuriya P4P reytingining yangi qiroli!
Eng katta o'zgarish bu engil vazn toifasi chempioniga aylangan gruziyalik Iliya Topuriyaning vazn toifasidan qati nazar eng kuchlilar Top-15`taligida birinchi o'ringa ko'tarilib olgani bo'ldi. Islam Maxachev esa endi ikkinchi.
Maxachev shuningdek, engil vazn toifasida Topuriyaning kamari uchun birinchi raqamli davogar sifatida qoldirildi.
Bundan tashqari, o'ta engil vazn toifasida kamar uchun birinchi raqamli davogar amerikalik Brendon Royvalni enggan Myanma vakili Joshua Van birdaniga 11 pog'ona yuqorilab, birinchi o'ringa joylashtirildi. Royval esa endi uchinchi o'rinda. Ushbu vazn reytingida 13-pog'onani band etib turgan hamyurtimiz Ramazon Temirovning qozog'istonlik bo'lajak raqibi Asu Almabaev ham bitta quyi o'ringa tushib, to'qqizinchi bo'lib qoldi.
Yangilangan P4P reytingi:
Fikrlar