23 iyu 18:07
Yangiliklar
Futbol

Turki Al ash-SHayx endi futbolga ham sarmoya kiritmoqchi, u Angliya klubini sotib olish haqida o'ylamoqda
Saudiya Arabistonidagi ko'ngilochar tadbirlar bo'yicha Bosh boshqarma raisi Turki Al ash-SHayx "Bristol" futbol klubini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida "The Sun" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klubga egalik qiluvchi Lensdaunlar oilasi klubni sotishni rejalashtirmagan, ammo Al ash-SHayx ular uchun juda qulay taklif bilan chiqishi mumkin. Avvalroq saudiya arabistonilik promouter va biznesmenning qiziqishi "Milluoll" va "Sautgempton" bilan bog'liq edi.
"Bristol Siti" 2024/25 yilgi mavsum CHempionship jadvalida 6-o'rinni egalladi. APL o'ynash huquqi uchun o'tkazilgan musobaqa yarim finalida "SHeffild Yunayted”ga ikki uchrashuvda umumiy 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Fikrlar