So’nggi yangiliklar

20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0 17:05"Менинг камаримни олиб қўйишди". Чимаев Стрикланд билан жангдаги мағлубиятини яна тан олмади 0 16:38III Ёшлар Олимпиадасида иштирок этадиган Қозоғистон делегацияси таркиби эълон қилинди 0 15:56"Барселона" Испаниядаги йирик темир йўл ҳалокатига муносабат билдирди 0 15:19Guangzhou Open. Тимофеева рейтингда 405-поғонада бораётган 16 яшар қизчага ютқазди 0 14:45Арман Царукян турнирнинг асосий жанги иштирокчиси бўлади + ПОСТЕР 0 14:04Мэтт Браун: "UFC Махачевга зарба бермоқчи" 0 13:27ОФК “Нефтчи” футболчисини икки ўйинга четлатди ва жаримага тортди 0 12:41Abu Dhabi Grand Slam 2026 бошланмоқда. Бугун Диёра ва яна тўрт дзюдочимиз баҳсларга киришади 0 12:08Фёдор Емельяненко: "Худога шукур, умримда бирор марта ҳам кўчада уришмадим. Можаролар оғзаки ҳал қилинган" 0

01 iyu 10:51
Yangiliklar

Dzyudo

Navoiy “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi kuchlilarni aniqladi FOTOGALEREYA

Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etgan “Uzbekistan Judo Tour” turnirida -81, -90, -100 va +100 kg vaznlarida bellashuvlar o'tkazildi. O'z vazn toifalarida surxondaryolik Ahror Ziyodullaev, Otabek To'raboev, Jahongir Mamatrahimov va Islombek Ravshanqulov chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. 

Bellashuvlar chinakamiga murosasiz tus oldi. Istedodli yosh dzyudochilar terma jamoa azolariga munosib tarzda raqobatni yuzaga keltira olishdi. To'rtta vaznning uchtasida oltin medalga ega chiqqan Surxondaryo viloyati terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.   

G'oliblar 22, kumush medal egalari 14, bronza medal sohiblari esa 7 million so'm pul mukofotiga ham ega bo'lishdi. Tantanali taqdirlash marosimida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, viloyat sport boshqarmasi mutasaddilari, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov ishtirok etdi. 

Navoiy “Uzbekistan Judo Tour” g'olib va sovrindorlari:

-81 kg vazn toifasi

1. Ahror Ziyodullaev (Surxondaryo)

2. Murodjon Yo'ldoshev (Toshkent shahri)

3. Zulfiddin Usmonov (Navoiy)

3. Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov (Surxondaryo)


-90 kg vazn toifasi

1. Otabek To'raboev (Surxondaryo)

2. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)

3. Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo)

3. Alisher Samanov (Samarqand)


-100 kg vazn toifasi

1. Jahongir Mamatrahimov (Surxondaryo)

2. Amir-Said Jeyliev (Toshkent viloyati)

3. Muhammadali Zoirov (Toshkent shahri)

3. Dilshod CHoriev (Toshkent viloyati)


+100 kg vazn toifasi

1. Islombek Ravshanqulov (Qashqadaryo)

2. SHohruhxon Baxtiyorov (Toshkent shahri)

3. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)

3. Javohir Murodillaev (Qashqadaryo)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing