So’nggi yangiliklar

22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0

18 may 17:03
Yangiliklar

Tadbirlar

SHHT yig'ilishi: Qirg'iziston Respublikasi delegaciyasi ham Toshkentga etib keldi

Teglar :  SHHT
Xabar berganimizdek, 18-21-may kunlari poytaxtimiz SHanxay Hamkorlik Tashkilotiga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masul vazirlik va idoralari rahbarlarining yig'ilishiga mezbonlik qiladi.

Yig'ilishda ishtirok etish uchun SHHTga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masul vazirlik va idoralari rahbarlari birin-ketin Toshkentga etib kelishmoqda.

Xususan, bugun Qirg'iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Azamat Jumanqulov boshchiligidagi delegaciya azolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantana bilan qarshi olindi. Ularni Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avazjon Karimov boshchiligidagi vazirlik va MOQ vakillari kutib olishdi.


Safar davomida Qirg'iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziriga mazkur vazirlikning Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig'i Nazgul Omurzakova hamda vazirlikning sport bo'limi boshlig'i Xamit uulu Kayratlar hamrohlik qilishadi.

Malumot uchun, SHHTga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masul vazirlik va idoralari rahbarlari yig'ilishida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko'maklashish, jismoniy tarbiya va sport orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash, sportchilarni xalqaro musobaqalardagi munosib ishtiroki uchun rag'batlantirish, Olimpiya harakatini rivojlantirishdagi hamkorlikni mustahkamlash kabi bir qator masalalar atroflicha muhokama qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing