15 avg 19:26
Yangiliklar
Boks/MMA

93 yoshli Don King superog'ir vaznda kamar uchun kechadigan jangni anons qildi
Amerikalik afsonaviy promouter shu yoshiga qaramay, prof boks turnirlarini tashkil etishda faollik ko'rsatmoqda.
Don King superog'ir vaznda WBA Regular chempioni bolgariyalik Kubrat Pulev hamda majburiy davogar Maykl Xanter o'rtasidagi jangni elon qildi. Ushbu 12 raundlik jang 4 oktyabr kuni AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi. Turnir Don King Productions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti.
King promouterlik savdosini yutib olgan. Bir muddat avval Xanterning 11 sentyabr kuni Las-Vegas shahrida o'tkazilaligan "Kanelo-Krouford" oqshomida Jarrell Millerga qarshi ringga chiqishi aytilgandi.
SHuningdek, 4 oktyabr kungi professional boks turnirida Edrien Broner, Noel Mikaelyan va Bleyr Kobbs ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar