15 avg 16:59
Yangiliklar

Fundora - Turman jangi sanasi o'zgardi
Fundoraning 18 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomi doirasida yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Kit Turmanga qarshi ringga chiqishi haqida xabar bergandik.
Lekin The Ring nashrining malum qilishicha, bellashuv sanasida o'zgarish bo'lgan. Jang 25 oktyabr kuni tashkil etiladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Sebastyan Fundora aynan jarohat olgan Turmanning o'rniga o'sha paytdagi WBO yo'nalishi chempioni Tim Czyuga qarshi ringga chiqqandi. Mart oyida o'tkazilgan jangda Fundora Czyuni mag'lub etib, WBO va WBC kamarlari sohibiga aylangan edi. SHu yil Fundora Czyuga qarshi revansh jangi uchun WBO kamaridan voz kechdi. Iyul oyida o'tgan revanshda u avstraliyalikni muddatidan avval taslim etdi.
Takidlash joiz, ushbu vazn toifasida o'zbekistonlik WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov faoliyat yuritadi.
Fikrlar