15 avg 18:02
Yangiliklar

Koko Goff Cincinnati turniridagi yurishini davom ettirmoqda
Amerikalik iqtidor egasi to'rtinchi davrada WTA reytingida 61-pog'onada borayotgan italiyalik Lyuchiya Broncettini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Goff 6, Broncetti 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar italiyalikda bittaga ko'proq bo'ldi - 4 ga 3. Breyklar bo'yicha esa tabiiyki, g'olib tennischi ustunlik qildi - 5 ga 2.
Goff bu yilgi mavsumda 35-g'alabasini qo'lga kiritdi. Faoliyatida ikkinchi bor Cincinnati turniri 1/4 finalida o'ynaydi. 21 yoshli Kori faoliyatida WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirlarda 19 bor ushbu bosqichga etib kelgan.
U 22 yoshgacha bu natijaga erishgan uchinchi tennischi bo'ldi. Bu borada Goff afsonaviy Martina Xingis (39) hamda rossiyalik Mariya SHarapova (20)ga yutqazmoqda.
Fikrlar