So’nggi yangiliklar

22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0

17 may 11:34
Yangiliklar

Tadbirlar

SHHTga azo davlatlar mintaqadagi jismoniy tarbiya va sport istiqbollarini Toshkentda muhokama qilishadi

Teglar :  SHHTMOQ
19-21 may kunlari Toshkent shahri SHanxay Hamkorlik Tashkilotiga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sport bo'yicha vazirlik hamda idoralari rahbarlarining navbatdagi yig'ilishiga mezbonlik qiladi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov, Rossiya Federaciyasi Sport vaziri O.Maticin, Hindistonning Yoshlar va sport masalalari bo'yicha faxriy vaziri A.Singx, Qozog'iston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri D.Abaev, Qirg'iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri A.Jumankulov, Tojikiston Respublikasi Hukumat qoshidagi Yoshlar va sport qo'mitasi raisi o'rinbosari P.Sobirzoda, Pokiston Islom Respublikasi Sport kengashi prezidenti Ehsan ur-Rahman qatnashadi. SHuningdek, yig'ilishda Xitoy Xalq Respublikasi delegaciyasi onlayn tarzda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

SHHTga azo davlatlarning jismoniy tarbiya va sport sohasiga masul rahbarlari o'rtasidagi tadbirlar 4 kun davomida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, dastur doirasida asosiy yig'ilish 20 may kuni tashkil etiladi. SHu bilan birga Toshkentga kelgan delegaciya vakillarining Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrifi hamda Toshkent viloyatiga safari ham rejalashtirilgan.

Yig'ilish kun tartibidan kelgusida rejalashtirilgan yuqori darajadagi sport musobaqalarini tashkil etishda hamkorlikni rivojlantirish, SHHT davlatlari o'rtasida sport sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, davlatlar va hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. SHu bilan birga aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda o'zaro tajriba almashish, yoshlarni sportga jalb qilishda keng miqyosli loyihalarni amalga oshirish borasida muhokamalar o'tkaziladi.

Takidlash lozimki, yig'ilish doirasida SHHTga azo davlatlarning vakolatli organlari o'rtasida 2022-2024 yillarga mo'ljallangan jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to'g'risidagi “Yo'l xaritasi”ni amalga oshirish rejasi ham tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, SHHTning sport sektori rahbarlari jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga ko'maklashish, sport orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash, atletlarni rag'batlantirish, Olimpiya harakatini rivojlantirishda hamkorlikni mustahkamlash borasida ham o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing